Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə185/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   533
Quvonova Word

25.3 Infinitivning gapda qo‘llanishi
(Der Gebrauch des Infinitivs im Satz)

Gapda ega,kesim,to‘ ldiruvchi,aniqlovchi va hol bo‘lib kela oladigan infinitiv zu yuklamasi bilan yoki usiz ham qo‘llanishi mumkin.


1.Infinitiv ega vazifasida kelganda zu yuklamasi qo‘llanishi ham, qo‘llanmasligi ham mumkin. Agar gapda infinitiv kesimdan oldin kelgan bo‘lsa, zu qo‘llanmaydi:
Raten ist leichter als helfen.
Maslahat berish yordam berishdan ko‘ra osonroq.
Studieren ist schwer.
O‘qish qiyin
Bordi-yu u yoyiq holda kelgan bo‘lsa zu ishlatiladi:
Es ist unsere Pflicht gut zu lernen.
Bizning vazifamiz yaxshi o‘qish.
Infinitiv kesimdan keyin turgan bo‘lsa, u holda zu yuklamasining ishlatilishi shart. Bunday gaplarda birinchi o‘rinda es olmoshi yoki ikkinchi darajali bo‘lak kelgan bo‘ladi:
Es war schwer, alle Aufgabe zu machen.
Wie gut war es , ein Lied zusammen zu singen. (J.Becher, Abschied)
2. Infinitiv qo‘shma fe’l kesimning ikkinchi qismi (komponenti) bo‘lib kelganda zu yuklamasining qo‘llanilishi ham, qo‘llanmasligi ham mumkin. Bu narsa tuslanuvchi fe’lga bog‘liq bo‘ladi.
Infinitiv quyidagi hollarda zu yuklamasi bilan ishlatilmaydi:
1.Modal fe’llardan keyin:
Ich kann deutsch sprechen
2.sehen, hören, fühlen, machen, spüren, lassen,befehlen fe’llaridan keyin:
Ich hörte die Uhr schlagen.
3.Harakatni ifodalovchi gehen, fahren, reiten, laufen, eilen, bleiben, schicken, kommen v.b fe’llardan keyin:
Luisa fährt in die BRD studieren.
4.Ko‘pincha lehren, helfen, lernen, heißen, finden, legen fe’llaridan keyin:
Ich lerne französisch sprechen.
Quyidagi hollarda gapda zu yuklamasi qo‘llanadi:
1.Ish-harakatning boshlanishini, davom etishini, tugashini ifodalovchi fe’llar kelganda: beginnen, anfangen, fortfahren, fortsetzen, aufhören, pflegen. Bu fe’llar infinitiv bilan birga qo’shma fe’l kesimni tashkil etadi.Shuning uchun vergul bilan ajratilmasdan qo‘llanadi.
Er beginnt einen Brief zu schreiben
2.Quyidagi predikativ sifatlardan keyin:nützlich, stolz, glücklich, froh, bequem, überzeugt, leicht, schwer, möglich, interessant, angenehm, ratsam, notwendig,(un)fähig, wert, bereit v.b.
Es ist wirklich nützlich,jeden Tag einige Kilometr zu Fuβ zu gehen .
Bunday qo‘llanishda infinitiv vergul bilan ajratiladi, chunki gapda es korrelati bor:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin