Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


(Der unbestimmt- persöliche Satz)



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə289/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   533
Quvonova Word

(Der unbestimmt- persöliche Satz)
Shaxsi noaniq gapda ega hamma vaqt man shaxsi noaniq olmoshi bilan ifodalanadi. Man olmoshi o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi. Bunday gaplarda o‘zbek tiliga ega bo‘lmay, gapning kesimi III shaxs ko‘pligida bo‘ladi, masalan:
Man baut in Karschi schöneHäuser.
Qarschida chiroyli uylar qurilmoqda.
Shaxsi topilmas gap
(Der unpersönliche Satz)
Shaxsi topilmas gapda es noaniq olmoshi ega vazifasida kelib, bu ega o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi, masalan:
Es ist gut – yaxshi.
Es it noch früh – hali ham erta.
Es ist Winter – qish.
Heute ist es nicht kalt – bugun sovuq emas.

35.6 Garning tuzilish jihatdan turlari
(Die Einteilung der Sätze nach ihrem Bau)

Sodda gaplar tuzilish jihatdan uch turga bo‘linadi:


1. Yig‘iq sodda gap ( Der einfache unerweiterte Satz )
2. Yoyiq sodda gap ( Der einfache erweiterte Satz).
3. Uyushiq bo‘lakli gaplar (Der Satz mit gleichartigen Satzgliedern).
Yig‘iq sodda gap
Bosh bo‘laklardangina tuzilgan gap yig‘iq sodda gap deb ataladi. O‘zbek tilida yig‘iq sodda gapda ega avval, kesim keyin keladi:
Wir lernen – biz o‘qiymiz.
Die Baumwolle wächst – g‘o‘za o‘sadi.
Yoyiq sodda gap
Bosh bo‘laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklari ham bo‘lgan gap yoyiq sodda gap deb ataladi:
Sie fahren nach Samarkand.
Ular Samarqandga ketadilar.
Heute schreiben die Schüler ein Diktat.
Bugun o‘quvchilar diktant yozadilar.
Uyushiq bo‘lakli gap
Bir necha bir xil bo‘lakli gap uyushiq bo‘lakli gap deyiladi:
Die Schüler und Lehrer gehen in die Shule.
O‘quvchilar va o‘qituvchilar maktabga borayaptilar.
Die Schüler lesen, schreiben und übersetzen.
O‘quvchilar o‘qiydi, yozadi va tarjima qiladilar.
Die Mutter hat im Laden Milch, Butter und Fleisch gekauft.
Onam magazindan sut, sariyog‘ va go‘st sotib oldi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin