Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Jo‘nalish kelishigidagi to’ldiruvchi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə293/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   533
Quvonova Word

Jo‘nalish kelishigidagi to’ldiruvchi (Das Dativobjekt)

Jo‘nalish kelishigidagi to‘ldiruvchi Dativobjekt deyiladi.


Jo‘nalish kelishigidagi to‘ldiruvchi wem? (kimga? nimaga?) so‘rog‘iga javob bo‘ladi, masalan:
Die Schüler antworten dem Lehrer.Wem antworten die Shüler?
O‘quvchilar o‘qituvchiga javob beradi.
Der Arzt half dem Verwundeten. Wem half der Arzt?
Vrach yaradorga yordam berdi.
Predlogli to‘ldiruvchi ( Das präpositionale Objekt)
Predlogli to‘ldiruvchilar predlogli ot orqali ifodalanadi.
Nemis tilida predlogli to‘ldiruvchi o‘zbek tilida vositali to‘ldiruvchiga to‘g‘ri keladi:
Wir kämpfen für das Glück der Menschheit. Wofür kämpfen wir?
Biz xalqlarning baxti uchun kurashamiz.
Fatima schreibt einen Brief an ihre Mutter. Wem schreibt Fatima?
Fotima onasiga xat yozadi.
Der Student schreibt mit dem Bleistift. Womit schreibt der Student?
Studentlar qalam bilan yozadi.
Ich denke über die Hausaufgabe nach. Worüber denke ich nach?
Men uy vazifasini to‘g‘ri bajaryapman.
Infinitiv bilan ifodalangan to’ldiruvchi
To‘ldiruvchi ba‘zan infinitiv bilan ham ifodalanadi; bu holda infinitiv oldida zu yuklamasi bo‘ladi:
Der Schüler versprach dem Lehrer gut zu lernen.
O‘quvchi o‘qituvchiga yaxshi o‘qishga va’da berdi.
Er bat mich die heutige Zeitung zu bringen.
U mendan bugungi gazetani olib kelishimni iltimos qildi.
Aniqlovchi (Das Attribut)
Aniqlovchi predmetning belgisini aniqlab, wessen?(kimning? nimaning?), welcher?, was für ein? (qaysi?), weiviel? (qancha) so‘roqlariga javob bo‘ladi, masalan:
Das Buch des Schülers. (O‘quvching kitobi.) Wessen Buch?
Nemis tilida aniqlovchi qo‘llanishi va ifodalanishi jihatdan o‘zbek tilidan ancha farq qiladi.
Nemis tilida aniqlovchi aniqlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi, masalan:
guter Freund (yaxshi do‘st) (m. r. birlik, Nom.),
der gute Freund (yaxshi do‘st) (m. r. birlik, Nom.)
des guten Freundes – (yaxshi do‘stning) (m.r. birlik,Gen.)
die guten Freunde – (yaxshi do‘stlar) (m.r. ko‘plik, Nom.)
die neue Zeitung – (yangi gazeta) (j.r.birlik, Nom.)
ein gutes Zimmer – (yaxshi xona) (s.r. birlik Nom.)

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin