Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə301/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   533
Quvonova Word

Gapda nicht va kein ning o‘rni
Nemis tilida nicht va kein so‘zlari eng ko‘p qo‘llanadigan inkor so‘zlaridir.
Agar nicht so‘zi kesimni inkor etsa , u hamma vaqt fe’ldan keyin keladi. Nicht so‘zi ko‘pincha yoyiq darak gapning oxirida keladi, masalan:
Er arerbeitet nicht.
U ishlamaydi.
Sie versäumen die Stunden nicht.
Ular darsni qoldirmaydi.
Agar kesimning o‘zgarmaydigan qismi gap oxirida kelsa, nicht so‘zi undan oldin keladi, masalan:
Ich habe dieses Buch nicht gelesen.
Men bu kitobni o‘qiganim yo‘q.
Ich kann ihn morgen nicht sehen.
Men uni ertaga ko‘ra olmayman.
Dieser Schüler ist nicht fleißig.
Bu o‘quvchi tirishqoq emas.
Ich gebe dir heute die Zeitung nicht zurück.
Men senga gazetani bugun qaytarib bermayman.
kein ot bilan ifodalangan gap bo‘laklarini inkor etib, u hamma vaqt inkor qilingan otdan oldin keladi:
Er ist kein Student.
U student emas.
Er hat keine Mutter
Uning onasi yo‘q.
Er ist kein Offizier, er ist Soldat.
U ofitser emas, u soldatdir.
Eslatma: kein inkor olmoshi birlikda noaniq ,ko‘plikda aniq artikllardek turlanadi

Gapda aniqlovchining o‘rni
Agar aniqlovchi sifat yoki sifatdosh bilan aniqlansa, artikl
va aniqlanmish ot o‘rtasida keladi, masalan:
Ich lese eine neue Zeitung.
Men yangi gazeta o‘qiyapman.
Wir studieren die deutsche Sprache.
Biz nemis tilini o‘rganyapmiz.
Das fliegende Flugzeug ist sehr groß.
Uchayotgan samalyot juda katta.
Agar aniqlovchi ot bilan ifodalansa, odatda aniqlanmishdan keyin keladi, masalan:
Das Buch des Schülers liegt da.
O‘quvchining kitobi shu yerda turibdi.
MAVZU YUZASIDAN TEST TOPSHIRIQLARI:

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin