Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Sabab holi harakatning bajarilish sababini bildirib, warum



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə298/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   533
Quvonova Word

Sabab holi harakatning bajarilish sababini bildirib, warum, ?weshalb,(nima uchun?),weswegen ? (nega?) aus welchem Grunde?(nima sababdan?) so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.
Sabab holi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: darum,daher, deshalb, deswegen .
Sabab holi ko‘pincha predlogli ot bilan ifodalanadi:
Das Kind lachte vor Freude (weshalb?)
Bola xursandligidan kular edi.
Wegen des schlechten Wetters blieb ich zu Hause. (warum?)
Havo yomon bo‘lganligi uchun men uyda qoldim.
Maqsad holi ish harakatning bajarilish maqsadini anglatadi va wofür?,
wozu ?(nima uchun?), (nima maqsadda?) so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.Maqsad holi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: infinitiv va infinitiv gruppasi um..zu bilan, für, zu, zwecks kabi predloglar bilan kelgan ot orqali,dazu, dafür, wozu kabi olmosh ravishlar bilan.
Dazu ist er zu uns gekommen.(wozu?)
Buning uchun u biznikiga kelmoqchi.
Shart holi harakatning bajarilish shartini bildiradi va unter welcher Bedingung ?(qanday shart bilan?), in welchem Fall ? (qay holda?) so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.Shart holi predlogli ot bilan ifodalanadi:
Ohne deine Hilfe hätte ich meine Arbeit gestern nicht beendet.
(in welchem Fall?)
Seni yordamingsiz kecha men ishimni tugata olmasdim.
To‘siqsizlik holi harakatning bajarilishiga to‘siq bo‘lgan shartni va harakatning ana shu shartga qaramay amalga oshishini bildiradi. To‘siqsizlik holi wessenungeachtet?, trotz welcher Umstände ? (nimaga qaramasdan?) so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.To‘siqsizlik holi trotz,trotzdem,ungeachtet predloglari bilan kelgan ot orqali ifodalanadi:
Trotz seines Kummers war er schon halb eingeschlafen.
(trotz welcher Umstände ?)
Miqdor-daraja holi harakatning bajarilishini daraja va miqdor jihatdan xarakterlab, wie ? (qancha?), wie stark? (qanchalik?), wie sehr?(qanchalab?) so‘roqlariga javob bo‘lib keladi.Miqdor –daraja holi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: viel, wenig, sehr, völlig, ganz,ziemlich, äußerst kabi miqdor ravishlari, hoch, tief, breit, lang, alt kabi sifatlar va pretlogli ot bilan.
Es regnet in Strömen. (wie?)
Modal holi so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan fikrining realligini bildiradi.Modal holiga so‘roq qo‘yib bo‘lmaydi.U asosan umum gapga , qisman esa gapning ayrim bo‘laklariga tegishli bo‘ladi.Modal holi modal so‘z va modal iboralar bilan ifodalanadi:
Wahrscheinlich sagt er alles.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin