Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə299/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   533
Quvonova Word

35.8 Sodda gapda so‘z tartibi
(Die Wortfolge im einfache Satz)

Nemis tilida so‘z tartibi katta rol o‘ynab, so‘z tartibining o‘zgarishi bilan gapning ma’nosi ham o‘zgaradi, masalan:


Er schreibt – U yozadi (darak gap).
Schreibt er? – u yozadimi? (so‘roq gap).
Eganing o‘rni
Darak gapda ega gapning boshida (berinchi o‘rinda) yoki kesimning tuslanadigan qismidan keyin – uchinchi o‘rinda keladi.
1) Agar ega gapda kesimdan oldin (birinci o‘rinda) kelsa, bunday gap to‘g‘ri so‘z tartibli gap (die gerade Wortfolge)
deyiladi, masalan:
Wir gehen morgen ins Museum.
Biz ertaga muzeyga boramiz .
Die Ferien beginnen am ersten Juli.
Ta’til birinchi iyuldan boshlanadi.
Ich will heute in die Bibliothek gehen.
Men bugun kutubxonaga bormoqchiman.
2) Agar gap boshida ikkinchi darajali gap bo‘laklaridan biri, ikkinchi o‘rinda kesim va undan keyin (uchinchi o‘rinda) ega kelsa, bunday gap teskari so‘z tartibli gap (die intertierte Wortfolge) deyiladi, masalan

Payt holi

kesim

Ega

O‘rin holi

Morgen

gehen

Wir

ins Museum

Gapda kesimning o‘rni
O‘zbek tilida darak gaplarda kesim gapning oxirida keladi. Nemis tilida esa darak gaplarda kesim hamma vaqt gapning ikkinchi o‘rnida keladi. Masalan:
Ich lerne in der Schule.
Men maktabda o‘qiyman.
Mein Bruder arbeitet in der Schule.
Mening akam maktabdada ishlaydi.
Agar qo‘shma kesim ikki yoki uch qismdan iborat bo‘lsa, uning o‘zgaradigan qismi ikkinchi o‘rinda, o‘zgarmaydigan qism hamma vaqt gapning oxirida keladi.
Kesimning o‘zgarmaydigan qismi Partizip II, Infinitiv va ot kesimning ot qismi (Prädikativ)dir, masalan:
Er ist ins Kino gegangen.
U kinoga ketdi.
Er hat ein Buch gekauft
U kitob(ni) sotib oldi.
Agar fe’l kesim ajraladigan old qo‘shimchali fe’l bilan ifodalansa, old qo‘shimcha Präsens Imperfekt va Imperativ da fe’ldan ajralib, gap oxirida keladi, masalan:
Er steht um sieben Uhr auf.
U soat 7 da turadi.
Er stand um sieben Uhr auf.
U soat 7 da turdi
Steh auf !
O‘rningdan tur!

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin