Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə331/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   533
Quvonova Word

3. Mayl - Der Mode
Nemis tilida ergash gaplarni bosh gapga bog‘lashdagi uchinchi vosita mayl bo‘lib, u ergash gaplarni faqat bir turini ifoda etishda, ya‘ni o‘zlashtirma gapda ishlatiladi.
Demak, ko‘chirma gapni bosh gap bilan biriktirishda mayl ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Ko‘chirma gapning bosh gapga tobeligi mana shu mayl orqali ifodalanadi.
Nemis tilida ergash gap bilan bosh gapning bog‘lovchisiz birikish hollari ham bor. Bunday hollarda ergash gap bilan bosh gapning o‘zaro bog‘lanishi, mazmun, munosabati intonatsiya yordamida ifodalanadi.
Ich weiß, du hast oft gezweifelt.

31.1 Ergash gaplarning bo‘linishi
(Die Einteilung der Nebensätze)

Ergash gaplar quyidagicha bo‘linadi:


1.Bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra (nach ihrer Stellung im Satzgefüge)
2.Bosh gap bilan bog’lanish usuliga ko‘ra (nach der Art der Verbindung mit dem Hauptsatz)
3.Bosh gapga nisbatan ma’nosiga (sintaktik funksiyasiga ko‘ra) (nach ihrer Bedeutung (nach ihrer syntaktischen Funktion))

Ergash gaplarning bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra bo‘linishi.
(Die Einteilung der Nebensätze nach ihrer Stellung)
Ergash gaplar bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi.
1.Bosh gapdan oldin kelgan ergash gap (Vordersätze). Bunday paytda bosh gapda kesim birinchi o‘rinda turadi.
2.Bosh gapning o‘rtasida kelgan ergash gap (Zwischensätze).
3.Bosh gapdan keyin kelgan ergash gap (Nachsätze).

Ergash gaplarning bosh gap bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra bo‘linishi.
(Die Einteilung der Nebensätze nach der Art der Verbindung mit dem Hauptsatz.)
Bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra ergash gaplar bog‘lovchili va bog‘lovchisiz ergash gaplarga bo‘linadi. Bog‘lovchili ergash gaplar gapga: ergashtiruvchi bog’lovchilar, nisbiy olmoshlar, nisbiy ravishlar va nisbiy olmosh ravishlar bilan birikib keladi.Bog‘lovchisiz ergash gaplar bosh gap bilan hech qanday bog‘lovchi elementsiz birikib keladi. Bunday hollarda so‘z tartibi turlicha bo‘ladi ammo kesim gapning oxirida kelmaydi.
Ich glaube, sie ist glücklich.
Men o‘ylaymanki, u baxtli.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin