Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə329/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   533
Quvonova Word

(DAS SATZGEFÜGE, DIE HYPOTAXE)
Ergash gapli qo‘shma gaplar ham bog‘langan qo‘shma gaplardek ikki yoki undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi. Biroq ergash gapli qo‘shma gap sostavidagi gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘la olmaydi. Ulardan biri gapda grammatik hokim bo‘lib, bosh gap (der Hauptsatz)ni tashkil etsa, ikkinchisi unga tobe bo‘lib kelib, ergash gap (der Nebensatz)ni tashkil etadi. Ba‘zi ergash gaplar bosh gapni butunicha, ba‘zilari esa uning biror bo‘lagini izohlab, to‘ldirib, aniqlab keladi.
Ergash gap bosh gapga tobe munosabatda bo‘ladi, unga ergashadi.
Ergash gapli qo‘shma gaplar bosh va ergash gapning bog‘lanishida maxsus bog‘lovchilarning qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi :

  1. Bo‘glovchili qo‘shma gaplar (Die konjunktionale Hypotaxe)

  2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar (Die konjunktionslose Hypotaxe)

Bog‘lovchili ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gapning bosh gapga tobeligi, bog‘lanishi bosh va ergash gapning mazmun jihatdan munosabati nemis tilida quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi.

  1. Bog‘lovchi so‘zlar.

  2. So‘z tartibi.

  3. Mayl.

1. Bog‘lovchi so‘zlar
Bog‘lovchi so‘zlarga quyidagilar kiradi.
1.weil, als, ob, daß, obwohl, wenn, so daß, sobald, während, nachdem kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar (die unterordnende Konjunktionen)
2.der, die, das, welcher, welche, welches, wer, was kabi nisbiy olmoshlar (Die Relativpronomen)
3.wo, was, wie, warum, wohin, wann, weshalb kabi nisbiy olmoshlar o‘rnida qo‘llanadigan so‘roq olmoshlari: (Die Fragepronomen, die in der Funktion der Relativpronomen gebrauchen werden)
4.Worauf, womit, wobei, woraus, wofür, woran kabi nisbiy olmosh ravishlar bilan (mit den Pronominaladverbien).
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchungina xizmat qiladi. Nisbiy olmoshlar, nisbiy ravishlar va nisbiy olmosh ravishlar esa ergash gapni bosh gapga bog‘lash bilan birga ergash gapda ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasini ham bajaradi. Ba’zan ergash gapning bosh gapga tobeligini kuchaytirish maqsadida bosh gap sostavida maxsus leksik vositalar ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday leksik vositalar korrelat deb yuritiladi. Korrelat o‘zidan keyin albatta ergash gap kelishini talab qiladi. Korrelat bo‘lib quyidagi so‘zlar kela oladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin