Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Nachdem bog‘lovchisi ish-harakatning ketma-ket birin-ketin sodir bo‘lishini ifodalaydi. Nachdem



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə354/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   533
Quvonova Word

Nachdem bog‘lovchisi ish-harakatning ketma-ket birin-ketin sodir bo‘lishini ifodalaydi. Nachdem bog‘lovchisi bilan boshlanib kelgan payt ergash gapdagi ish harakat odatda bosh gapdagi ish harakatga nisbatan ilgari sodir bo‘lib, unda plyuskvamperfekt zamon formasida ifoda etiladi. Demak, ketma-ketlik o‘tgan zamonga taaluqli bo‘lsa, unda ergash gapda Plyuskvamperfekt, bosh gapda Preterit qo‘llanadi.
Nachdem er auch das Buch gelesen hatte, wollte er es ihm geben.
Payt ergash gap nachdem bog‘lovchisi bilan boshlanib kelib, ketma-ketlilik hozirgi zamonga tegishli bo‘lsa, ergash gapdagi ish-harakat perfekt, bosh gapdagi ish harakat esa Prezensda ifoda etiladi.
Nachdem ich in Taschkent angekommen bin, rufe ich meinen Vetter an.
Payt ergash gap nachdem bog‘lovchisi bilan boshlanib kelib, ketma-ketlilik, kelasi zamonga tegishli bo‘lsa, ergash gapda perfekt, bosh gapda esa Futur I qo‘llanadi.
Nachdem ich das Buch gelesen habe, werde ich es meinem Freund geben.
Bosh gapdagi ish harakat ergash gapdagi ish harakatdan oldin sodir bo‘lsa, ehe, bevor, bis bog‘lovchilar ishlatiladi
Bis der Winter kommt, soll die Wohnung fertig sein.
Bosh va ergash gaplarda har xil zamon formasi qo‘llanilishi mumkin. Bunda asosan ergash gapda plyuskvamperfekt, bosh gapda imperfekt qo‘llanadi.
Bis bog‘lovchisi bosh gapdagi ish harakatning ergash gapdagi ish harakat boshlangunicha davom etishini ko‘rsatadi. Bunday hollarda bosh va ergash gapda asosan bir xil zamon formasi qo‘llanadi.
Ich arbeite im Garten, bis es dämmerig wurde.
Boshqa holatlarda payt ergash gapli qo‘shma gapning bosh va ergash gaplarda turli zamon formalarining qo‘llanilishi.
Als va wenn bog‘lovchilari aniq zamon ma’nosiga ega emas. Shuning uchun bu bog‘lovchilar ergash gapdagi ish harakat bosh gapdagi ish harakat bilan bir paytda sodir bo‘lganda ham, undan oldin yoki keyin ro‘y berganda ham qo‘llanaveradi.Agar bosh va ergash gapdagi ish harakat bir paytda ro‘y bersa fe’lning bir xil zamon formalari Präsens + Präsens, Imperfekt+Imperfekt, Plusquamperfekt+Plusquamperfekt qo‘llanadi.

Zuweilen, wenn ich nach Hause komme, gehe ich in die Küche und biete meiner Frau an, ihr bei der Bereitung des Mittagessens behilflich zu sein.(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)


Uyga qaytgach, zerikkanimdan oshxonaga kirib xotinimdan unga tushlikni tayyorlashda qarashgim kelayotganini aytaman.

Payt ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh va ergash gaplaridagi bir xil zamon formalarining ishlatilishida eng ko‘p qo‘llanadiganlari prezens va preteritumdir.


Nisbatan kamroq qo‘llanadigan zamon formasi plyuskvamperfektdir. Bordiyu, ergash gapdagi ish harakat bosh gapdagi ish harakatdan oldin yoki keyin sodir bo‘ladigan bo‘lsa, ya’ni bosh va ergash gapdagi ish harakatning bajarilishi turli paytda bo‘lsa, bosh va ergash gapda turli zamon formalarida qo‘llanadi.
1.Bosh gapda preteritum, ergash gapda plyuskvamperfekt.
Als sich die Tür hinter ihm geschlossen hatte, rennte er aus allen Kräften. (E.Kästner, Die Zwillinge)
2. Bosh gapda prezens, ergash gapda perfekt.
Natürlich muß er bezahlen, wenn er sein Ehrenwort gegeben hat.
3. Bosh gapda perfekt, ergash gapda preteritum.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin