Kuyishlar nima?


III va IV darajadagi kuyish



Yüklə 127,05 Kb.
səhifə2/3
tarix09.06.2022
ölçüsü127,05 Kb.
#61062
1   2   3
kuyish

III va IV darajadagi kuyish

  • III va IV darajadagi kuyish
  • III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
  • IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas

KUYISHLAR UCHUN BIRINCHI YORDAM

  • Qaysi omil kuyishdan kelib chiqsa, avvalo quyidagi harakatlar amalga oshirilishi lozim:
  • Jabrlanganlarning manbasini bartaraf etish.
  • Zarar ko'rgan terini tezda sovuting.
  • Kuyganlarni davolash va steril bandajni qo'llash.
  • Og'riqni yo'qotish.
  • Agar kerak bo'lsa, tez yordam chaqir.

Vaziyatli masala:

  • 1. B ismli bola 3 yoshda u gaz plitasiga qo’yilgan choynakdagi suvni olaman deb to’kib yubordi va suv uning qo’lini to’la kuydirdi. Qo’l terisida pufakchalar paydo bo’la boshladi. Bunda sizni taktikangiz. Nechinchi darajada kuygan?
  • 2. T ismli 45 yoshli erkak zavodda ishlaydi. U ishdagi ehtiyotkorsizlik tufayli qo’lini qizib turgan temirga bosib olgan. Juda kuchli og’riq bor teri butunligi yo’qolgan. Sizning birinchi yordamingiz. Kuyishga ta’rif bering.
  • 3. K ismli ayol ovqat qilayotgan edi. Qizib turgan yog’ga masalliqlarni tashlaganda sachragan yog’ unig yuzini kuydirdi. Siznig birinchi yordamingiz qanday bo’ladi?
  • 4. Sh ismli 7-sinfda o’qiydigan qiz kimyo darsida tajriba o’tkazish mobaynida ehtiyotkorliksiz oqibatida sulfat kislotasini (H2SO4) qo’liga to’kib yuborgan. Bunda sizning birinchi qilaadigan ishingiz va bu kuyish qanday kuyish?
  • 5. D ismli erkakning uyi yonyapti u bolalarini qutqarish uchun ichkariga kirdi. Bolalarini qutqarib qoldi lekin o’zinig kiyimlari yonishi hisobiga kuyish sodir bo’lyapti ayni paytda shu voqeaning ustidasiz. Sizning birinchi yordamingiz?

Yüklə 127,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin