Kvant fizikasi


Balmer vodorod nurlanish spektri



Yüklə 64,94 Kb.
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü64,94 Kb.
#188467
1   2   3   4
Kvant fizikasi

Balmer vodorod nurlanish spektri:
Balmer vodorodning nurlanish spektrining ko‘rinadigan qismida chastotasi quyidagi empirik formula bilan ifodalanadigan chiziqlar seriyasi borligini aniqlangan:
(2)
bu yerda =3, 4, 5, 6…; R – Ridberg doimiysi.
Balmer seriyasi sxematik ravishda 1-rasmda ko‘rsatilgan. Spektral chiziqlarning pastiga ularga mos to‘lqin uzunliklar qiymatlari qo‘yilgan. Chapdan birinchi chiziq ravshan qizil ranga ega. Balmer formulasida unga n=3 mos keladi. chiziq – havo rang (n=4), chiziq – ko‘k (n=5) va chiziq – binafsha (n=6). Bu seriyaning qolgan chiziqlari spektrning ultrabinafsha qismida yotadi.
(2) formula, xuddi (1) formula kabi, Balmer formulasi deb ataladi. Vodorod atomining spektral chiziqlariga tegishli seriya esa Balmer seriyasi deb ataladi. Keyingi tekshirishlar vodorod spektrida yana bir necha seriya borligini ko‘rsatdi. Spektrning ultrabinafsha qismida Layman seriyasi mavjud. Qolgan seriyalar infraqizil sohada yotadi. Bu seriyalar quyidagi formulalar ko‘rinishida berilganlar:
Layman seriyasi n=2, 3, 4 …; (3)
Pashen seriyasi n=4, 5, 6 … (4)
Vodorod atomi spektridagi hamma chiziqlarga mos chastotalarni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
(5)
bu yerda - to‘lqin soni; R1 – doimiy, R1=1,097×107 .
Berilgan uchun n soni dan boshlab hamma butun sonlarni qabul qiladi. (5) ifoda Balmerning umumlashgan formulasi deb ataladi.

Seriyaning turi





Layman
Balmer
Pashen

1
2
3

2, 3, 4 …
3, 4, 5 …
4, 5, 6 …



va ni nazarga olib, (3) formulani quyidagi shaklda yozish mumkin:
(6)
bu yerda - Ridberg doimiysi.
n ning orta borishi bilan har bir seriyada chiziqning chastotasi seriya chegarasi deb ataluvchi chegaraviy qiymatga intiladi. 1-rasmda Balmer seriyasining chegarasi simvol bilan belgilangan. ifodaning
(7)
qiymatlarini olaylik.
Vodorod spektridagi istalgan chiziqning chastotasi (5) qatordagi ikkita sonning ayirmasi shaklida berilishi mumkin. Bu sonlar spektral term yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri term deb ataladi. Spektroskopiyada term deb marta kichik qiymatga ega bo‘lgan sonlarga aytiladi. Masalan, Balmer seriyasidagi birinchi chiziqning chastotasi T(2)-T(3) ga teng.
Boshqa atomlar spektrlarini o‘rganish bu hollarda ham chiziq chastotalarini ikkita term ayirmasi shaklida beriladi:
(8)
Ammo T(n) term odatda vodorod atominikiga nisbatan murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bu prinsipning haqqoniyligini ko‘pgina tajriba natijalari tasdiqlaydi. Uning isbotlanishi atom tuzilishi bilan, atom ichida ma’lum chastotali spektral chiziqni nurlanishi jarayonlari bilan bog‘liq.
Atomlarning nurlanish va nur yutish spektrlarining chiziqli harakteri atomning energiyani istalgan miqdorda emas, balki aniq porsiyalar-kvantlardagina chiqarishini yoki yutishini bildiradi. Bundan shu kelib chiqadiki, atom aniq, diskret, energetik holatlardagina bo‘la oladi. Atom bir energetik holatdan boshqa enregetik holatga o‘tishida boshlang‘ich va oxirgi, ya’ni nurlanishidan oldingi va keyingi holatlardagi energiyalarining ayirmasiga teng kvant energiyani nurlantirishi yoki yutishi mumkin.
Atomning energetik holatlarining diskretligi to‘g‘risidagi tasavvurga tayanib, daniyalik fizik N.Bor Rezerfordning atom modelini takomillashtirib, atom tuzilishining kvant nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosida ikkita postulat, ya’ni Bor postulatlari bor.
1. Elektronlar atomda ixtiyoriy orbitalar bo‘yicha emas, balki aniq orbitalar bo‘yicha harakatlana oladi. Elektronlarning statsionar orbitalarda harakatlanishida energiya chiqarish yoki yutish ro‘y bermaydi.
Statsionar yoki turg‘un deb ataladigan bu orbitalarda elektronning harakat miqdori momenti kattalikka karrali bo‘ladi:
(9)
bu yerda me – elektron massasi; vn – n orbitada elektronni tezligi; rn – n orbitaning radiusi; n – kvant son deb ataladigan butun son (n≠0); h – Plank doimiysi.
Ravshanki, (9) formula orbitalar radiusini kvantlash shartidan iborat.
2. Elektronning bir statsionar orbitadan boshqasiga o‘tishi aniq kvant enregiyani chiqarish yoki yutish bilan sodir bo‘ladi. Kvantning kattaligi atomning nur sochishdan oldingi va keyingi statsionar holatlari enregiyalari E1 va E2 ning ayirmasiga teng:
(10)
(10) munosabatni chastotalar sharti deb ataladi.
Shunday qilib, atom chiqaradigan elektromagnit to‘lqinlar chastotasi atomdagi elektronlarning aylanish chastotasi bilan emas, balki atomning statsionar holatlari energiyalarining ayirmasi bilan aniqlanadi.
Atomning diskret energiyaviy sathlarining mavjudligi Frank va Gers o‘tkazgan tajribalari bilan tasdiqlangan.
Oddiy atom – vodorod atomini ko‘ramiz. Vodorod atomida bir elementar zaryad e ga ega bo‘lgan yadro atrofida bitta elektron harakatlanadi. Yadro tomonidan elektronga kulon tortishish kuchi ta’sir etadi va unga markazga intilma kuchlanishni beradi. Shuning uchun
(11)
bu yerda e – elektron va proton zaryadi.
Borning birinchi postulati ro‘y berishi uchun (9) formuladan foydalanamiz. Bundan vn tezlikni aniqlaymiz va tezlikni kvadratga ko‘tarib (11) ga qo‘yamiz. (9) formuladan:
(12)
(13)
(13) ifodani (11) ga qo‘yib, quyidagini hosil qilamiz:
(14)
Hosil bo‘lgan ifodadan rn ni topamiz, ya’ni:
(15)
(15) formula vodorod atomining statsionar obitalari radiusi ifodasi deb ataladi.
Yadroga eng yaqin orbitaning n=1 radiusi quyidagiga teng:

rB – birinchi bor radiusi va atom fizikasida u esa uzunlikni birligi bo‘ladi.
Endi atomdagi elektronning to‘la energiyasini E ni aniqlaylik. Bu energiya elektronning orbita bo‘yicha harakatining kinetik enregiyasi Ek va elektronning yadroga tortilish potensial energiyasi En ning yig‘indisidan iborat:
; ; (16)
Demak, elektronning to‘la enregiyasi manfiy va absalyut kattaligi jihatidan uning kinetik enregiyasiga teng.
Orbita radiusi (15) ifodasini (16) formulaga qo‘yib, quyidagini olamiz:
(17)
Bu formulaga ko‘ra istalgan statsionar orbita uchun elektron energiyasini hisoblash mumkin. Masalan, yadroga eng yaqin orbita uchun, n=1 quyidagini olamiz:

(17) tenglamadan xulosa chiqadi. Agar n=1 u paytda atom minimal energiyaga ega va asosiy energetik holatda joylashgan. n>1 bo‘lgan holatlar uyg‘onganlar deb ataladi.
Statsionar orbitada bo‘lgan elektronning to‘la energiyasi kattaligini atomning energiya sathi yoki energetik sathi deb ataladi.
(17) formulaga binoan, atomning enregiyasi kvant soni n ning ortishi yoki boshqacha aytganda, elektron orbitasi radiusi ortishi bilan oshadi. Bu yerda E energiyaning manfiyligini e’tiborga olish kerak, shuning uchun uning absolyut qiymatining kamayishiga energiyaning ortishi to‘g‘ri keladi.
Elektron yadroga eng yaqin orbita (n=1)da harakatlanganda atom minimal energiyaga (E= -13,55 eV) elektron eng uzoq orbita (n=∞)da harakatlanganda maksimal enregiyaga (E=0) ega bo‘ladi.
Elektron biror statsionar orbitadan boshqa orbitaga o‘tganda, energiya kvanti nurlanadi, bu energiya kvanti atomning nurlanishidan keyingi energetik sathlarining ayirmasiga teng.
Elektron uzoqroq orbitaga, ya’ni atomning yuqoriroq energetik sathga, o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin emas. Bunday o‘tishni amalga oshirish uchun atomga tashqaridan ma’lum miqdorda energiya berish kerak, ya’ni atomni uyg‘otish kerak.
Shunday qilib, atom tamomila aniq chastotali (uzunlikli) to‘lqinlarnigina chiqarishi va yutishi mumkin, vodorod spektrining chiziqli harakteri ham shu bilan bog‘langan.
Borning ikkinchi postulatidan, elektron biror statsionar orbitadan boshqa orbitaga o‘tganda, energiya kvanti nurlanadi yoki yutiladi:
(18)
(18) munosabatidan yutgan yoki chiqarilgan fotonning chastotasini yoki to‘lqin uzunlikgini aniqlash mumkin:
(19)
(20)
(19) va (20) formulalar serial formulalar deb ataladi. (19) formula Balmerning umumlashtirilgan formulasini ifodalaydi. (20) formulada:
(21)
R – Ridberg doimiysi.
(20) formulani quyidagicha yozish mumkin:
(22)
(22) formulani empirik serial formulalar (2), (3) va (4) bilan solishtirish shuni ko‘rsatadiki, ular (22) formulaning xususiy hollari ekan. Haqiqatan ham n1=1 va n2= 2, 3, 4 … (22) formula Layman seriyasini; n1=2 va n2= 3, 4, 5 … Balmer seriyasini, n1=3 va n2= 4, 5, 6 … Pashen seriyasini beradi.
Demak, Layman seriyasining spektral chiziqlari vodorod atomi tomonidan elektronning ikkinchi, uchinchi va boshqa orbitalardan birinchiga o‘tishida nur chiqaradi. Balmer seriyasi chiziqlari elektronning uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va boshqa orbitalardan ikkinchiga o‘tishida nur chiqaradi. Pashen seriyasi chiziqlari elektronning to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va boshqa orbitalardan uchinchiga o‘tishida nur chiqaradi.
Vodorod atomi tuzilishining qarab chiqilgan nazariyasi vodorodsimon atomlar deb ataluvchi, ya’ni faqat bitta elektronga ega bo‘lgan ionlashgan atomlarga ham qo‘llaniladi. Ammo bu holda formulalarni chiqarishda yadro zaryadini C ga emas, balki eZ ga teng deb qo‘yish kerak.


Yüklə 64,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin