O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo’nalishi



Yüklə 95,49 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü95,49 Kb.
#177999
  1   2   3   4   5
kurs ishi shermu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YO’NALISHI

4-kurs 018-44-guruh talabasi Eshqobulov Shermuhammadning Lazer fizikasi fanidan “Zarralarning bir energetik sathdan ikkinchi energetik sathga nurlanishsiz o‘tishlari ” mavzusida tayyorlagan


Bajardi: Eshqobulov. Sh


Qabul qildi: Umarova S.

QARSHI 2022


MUNDARIJA: Kirish…………...……………………………………………….………………3 1.Energetik sathlar va ularni hosil qilish……………...…..…… …………....5 2. Energetik sathlarda kvant o’tishlar…………... ……….…..……..……….9 3.Zarralarning bir energetik sathdan ikkinchisiga nurlanishsiz o’tishi….………………..……………………………………………………...14 Xulosa…………………………………….…..……..…………………………16 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………...…….………………….17

Kirish.


Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zining Oliy Majlisga murojaatomasida shunday degan edilar: “Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi. Bunday o‘tkir talabga amal qilib, kelgusi yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif etaman. Shu maqsadda kelgusi yilda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi. Fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi. Shuningdek, fizika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar ko‘lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi”[1]. Keyingi yillarda turmushimizning barcha sohalari qatori ilm-fan va ta’lim sohasiga ham katta ahamiyat berilmoqda .Lazerning ixtiro qilinishi va kogerent nurlanishning amaliyotga qo‘llanilishi fan bilan amaliyot orasidagi o‘zaro uzviylilikning integratsiyasining namunasi bo‘la oladi. Hozirgi vaqtda fan va texnikadagi ba’zi sohalarni lazersiz tasavvur etib ham bo‘lmaydi. Mazkur hollar o‘z navbatida lazerlami ilmiy asoslarini yanada rivojlanishini talab etmoqda.
Hozirgi zamonning ajoyib belgidan biri bu mikrozarralarning majburiy nurlanish berish jarayoni asosidagi lazerlarni yaratish va ularning kogerentligi nurlanishi asosida sanoatda turli maqsadlarga mo’ljallangan lazerli qurilmalarning va texnologik komplekslarning kelishiga olib keldi. Ushbu kunda xalq ho’jaligining turli tarmoqlarida lazerlar va lazerli texnologiyalari ishlatilmoqda. Xususan, sanoatda turli-tuman materiallarni kesishda, payvandlashda va mexanizmlarning mustaxkamligini oshirishda, tibbiyotda lazer nuridan tashxis qo’yishda, davolash va jarrohlik jarayonida aloqa tizimida ma'lomot eltuvchi sifatida, fan va texnika sohasida o’lchash va tashxis qo’yish vositalari kabi hamda o’quv jarayonida kogerent nurlanishning to’lqіn va zarracha xususiyatlarni namoyon qilishda keng foydalanilmoqda. Bu lazerlarni, ular asosidagi qurilmalarni tushunadigan va effektiv ishlata oladigan, uni takomillashtira oladigan hamda xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq eta oladigan oliy toifali mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Respublikamiz xalq xo’jaligining va bozor iqtisodiyot talablarini e’tiborga olib oliy toifali kadrlarni tayyorlash uchun fizika fakultetida davlat ta'lim standartlariga javob beradigan bakalavriat yo'nalishi "Lazer fizika" fanlari o’qitiladi. Kurs ishining dolzarbligi: Mikrozarralarning kvant o’tishlari jarayoni asosidagi lazerlarni yaratish va ularning kogerentligi asosida sanoatda turli maqsadlarga mo’ljallangan lazerli qurilmalarning va texnologik komplekslarning yaratishda foydalanish.

Yüklə 95,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin