Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Prezident
o'zining bir necha nutqlarida to'xtalgan1.
Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlat
ning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mam-
lakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’ minlashga
safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qili
nadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi.
O'zbekistonda “ Fuqaro muhofazasi to'g'risida” 2 maxsus qo
nun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan
bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan
aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rib qo'yish ju
da katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro
masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsa-
dida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mamlakat Prezidenti huzurida
tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi.
U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish
va muvofiqlashtirishni ta’ minlaydi, shunga mas’ uldir.
Milliy xavfsizlikni ta’ minlashda mamlakatning Milliy xavfsiz
lik xizmati alohida rol o'ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning
93-moddasi 24-bandiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezi
denti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozi
midan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan
Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiri-
tiladi.
Dostları ilə paylaş: