L-§. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi


 -§. Mudofaa va xavfsizlikni ta’ minlashda Qurolli



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#88900
1   2   3   4   5   6   7
zV0Mv1OPHIWIpi3nxM4SGacI1AXRDRYudgYFh1Nt

2 -§. Mudofaa va xavfsizlikni ta’ minlashda Qurolli
Kuchlarning o'rni
Sobiq Ittifoq davlati — SSSR o'zining ko'plab salbiy jihatlari 
bilan birga, eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning
1 Qarang: Karimov l.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, 
xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog'liq. — Т.: O'zbekiston, 2004.
2 О zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, 5—6-son, 
151-modda.
536
www.ziyouz.com kutubxonasi


qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘ zbekiston hududida 
ham joylashtirilgan bo'lib, SSSR tugatilganidan s o n g Qurolli 
Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdid- 
lar kuchayib borayotgan vaqtda 0 ‘zbekistonning o'z mudofaa 
vazirligini va joylarda qo'mondonlik tuzilmalarini shakllantirish 
o'z vaqtida qabul qilingan va to'g'ri bo'lgan qaror edi.
Chunki, mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog'­
liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi 
rol o'ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli kuchlarning mavjudli- 
gi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi. Natijada 
Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ular­
ning ahamiyatini ko'rsatadi.
Konstitutsiyaning 125-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suvereni- 
tetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsiz- 
Iigini himoya qilish uchun tuziladi” , - deb qayd qilingan. Bu bilan 
nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning 
vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitu­
tsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U 
shu maqsadda tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “M u­
dofaa to'g'risida” gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli 
mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan. 
(Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy 
birlashmalar, qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalar-
dan iborat bo'ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o'z faoliyatini qo­
nuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar 
safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish
asosida tashkil etiladi. 
. . . .
Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini
ta’ minlash imkoniyatini beradi.
537
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qurolli Kuchlar uiarning tarkibiy qismlari o 'z vazifalarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun, 
uiarning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol- 
yarogiar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy 
ashyo, mol-mulk berib qo'yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “ 0 ‘ zbekiston Respublikasi 
o ‘z xavfsizligini ta’ minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlari- 
ga ega” , - deb ko'rsatilgan. Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy 
qismlari, ularga zarur qurol-yarog', texnika ashyolar hamda eng 
muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O'zbekiston 
mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o'tovchi 
shaxslar faoliyat ko'rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilan­
gan burchini o'tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xiz- 
matga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy 
maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular asosan zobitlar va 
boshqa xodimlardir.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki davrlarida iqtisodiy 
qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va 
yuksak malakali zobitlar tayyorlashga mo'ljallangan bir qancha 
harbiy o'quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan ji- 
hozlashning samarali choralari ko'rildi, harbiy salohiyatni yetarli 
darajada ta’ minlash uchun zarur mablag' ajratildi. Mamlakatimiz 
harbiy doktrinasi mudofaani ta’ minlash va xavfning oldini olish 
xarakterida tuzildi1.
O'zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo'shinlarini 
va ichki qo'shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma- 
bosqich isloh qilish maqsadi bilan kirdi.
Islohotlarning maqsadi - mamlakat tinchligi va osoyishtaligini 
saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan 
yaxshi ta’ minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma’ muriy birlik- 
lar — harbiy okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi, professional tarkibi 
jihatidan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amal-
1 Qarang: Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. - T.: O'zbekiston, 1995. - 71-bet.
538
www.ziyouz.com kutubxonasi


ga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo'shilma va qismlari qavtadan 
joylashtirildi. Bular:

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin