L. Ilmiy muammo va muammoni qo'yish. Muammoni kengaytirish va materiallarni o'rganish



Yüklə 206,83 Kb.
səhifə2/6
tarix17.04.2023
ölçüsü206,83 Kb.
#99301
1   2   3   4   5   6
Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar. Gipotezani shakllantirish vositalari.

Muammoni qo'yish (shakllantirish). Ilmiy muammoni izlash va tanlash insonning ilmiy tafakkuri va amaliy faoliyatidagi eng murakkab va hali o'rganilmagan va ma'lum bo'lmagan bilimlarni izlab topishdek biri ikkinchisini inkor qiladigan jarayondir.
Shu bilan birga ma'lum umumiylikka ega quyidagi qoidalar mavjudligini ham aytib o'tish lozim:
- ilmiy muammoga oid fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini yaxshi bilishi va ilgaridan yechimi ma'lum muammoni qo'ymaslik, boshqacha aytganda muammoga oid ma'lum bilimlarni noma'lumlaridan aniq chegaralash;
- olib boriladigan talqiqotlar chegarasi va tadqiqot obyektini aniq belgilab olish;
- ilmiy muammoni yechish usullarini aniqlash, ya'ni muammoni turini(ilmiy nazorat, amaliy, maxsus kompleks) tadqiqot olib borish metodikasini aniqlash.
Muammoni kengaytirish, qo'shimcha yechimlar bilan to'ldirish. Muammoni yechilishi davomida, qo'shimcha, ya'ni bosh muammoni yechimni to'ldiruvchi tadqiqotlar olib borish zaruriyati tug'ilishi mumkin. Masalan, elektr energiyasidan samarali foydalanish muammosini yechish ushbu bosh muammo boshqa ko'plab muammolarni yechish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor elektrotexnologik jarayonlarni ishlab chiqish va h.k. bosh muammolar - elektr energiyasidan foydalanish muammosini kengayishi va to'ldirilishini, boyitilishini ta'minlaydi.
Materiallarni o'rganish. Har qanday ilmiy tadqiqot ishlari oldingi tadqiqot tajribalari, tadqiqot materiallarini va ilmiy izlanish olib borilayotgan sohaga yaqin sohalardagi tadqiqotlar materiallarini o'ranish va tahlilidan boshlanadi. Tadqiqot mavzusi doirasida o'zidan oldingi olib borilgan tadqiqotlar natijasidan xabardor bo'lmagan izlanuvchi ko'p hollarda allaqachon yechimga ega muammo yoki masalaga behuda kuch va vaqtini sarflaydi.
Tadqiqot mavzusiga oid materiallarni o'rganishni ikkita bosqichga bo'lish mumkin:
Birinchi bosqich. Ma'lumotlar manbalarini aniqlash. Bu bosqichda tadqiqot mavzusiga oid yo'nalishda chop etilgan ilmiy asarlar (monografiyalar),
brashyuralar, jurnallarda chop etilgan maqolalar dissertatsiya ishlari va ularning avtoreferatlari, referativ jurnallar, ilmiy to'plamlarda chop etilgan maqolalar internet saytlarida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqiladi.

Yüklə 206,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin