L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi. 
Dastlabki merkantilizm 16-asrning o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning 
asosiy vakillari U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya) hisoblanadi. Dastlabki 
merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat tashqi savdoni qattiq 


 
18 
tartiblab turish yo‘li bilan mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan edi 
(mamlakatning puli qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan).
Dastlabki merkantilistlar qo‘yidagi omillarni: 

Eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni; 

Tovarlar importini har tomonlama cheklashni; 

Mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslikni maqsadga muvofiq hisobladilar. 
Keyingi merkantilizm 16-asrning ikkinchi yarmidan 18-asrgacha bo‘lgan davrni 
o‘z ichiga oladi. Bu davrga kelib mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va 
muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga 
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. Keyingi 
merkantilizmning asosiy vakillari ingliz Tomas Mann, Jon Lokk, R.Kantilon, 
fransiyalik Antuan Monkreten hisoblanadilar.
Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga 
pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. 
Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – aktiv 
savdo balansiga erishishdir. (eksportning importdan ustun bo‘lishidir). Eksport va 
import o‘rtasidagi farq – mamlakat boyligining o‘sishidir. Real boylik – bu «o‘lik 
pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi 
pullardir. 
Keyingi merkantilizmning aktiv savdo balansiga erishish uchun bir qator 
tavsiyalari shulardan iborat edi: 

Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash; 

Mamlakatda aktiv savdo balansini saqlab turgan holda tovarlar 
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 
Shu haqda yetuk ingliz merkantilist Tomas Men «agar mamlakatda pul 
muomalasi qattiq tartibga solinib turilsa, chetga monetani erkin chiqarilishini 
taqiqlansa, unda tashqi savdoni normal rivojlantirib bo‘lmaydi» degan xulosaga 
keladi.
O‘z navbatida, fransiyalik Antuan Monkreten(1576-1621) «Siyosiy iqtisod 
traktati» nomli asarida savdogarlarni ancha foydali toifa, deb hisoblaydi. U 
manufakturani rivojlantirishni, hunarmandchilik maktablarini tashkil etishni, 
mahsulotlar sifatini yaxshilashni va mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini 
kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni tavsiya 
qildi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin