19
Merkantilizm Angliya va Fransiyada klassik siyosiy iqtisodning vujudga
kelishiga sabab bo‘ldi.
Angliyada proteksionizm siyosati faol qo‘llanilishi natijasida savdo va sanoatda
kata yutuqlarga erishildi. Buning natijasida XIX asrda Angliya ancha kuchli
rivojlangan amalakat sifatida ichki va tashqi savdoda to‘la erkinlik siyosatini amalga
oshira boshladi.
Fransiyada proteksionizm siyosatining noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida, ya’ni
mamlakat tashqarisig don chiqarishni taqiq eti shva boshqa mamlakatlardan uning
erkin olib kelinishi bilan fermer xo‘jaliklarin6ing shakllanishi va rivojlanishiga
to‘sqinlik qilindi. Ammo proteksionizm siyosati olib borilishi natijasida Fransiya
sanoatida qudratli manufaktura tarmoqi yaratildi.
Ammo merkantilizmning asosiy va bosh xatosi shundan iborat ediki,
mamlakat boyligi oltin va kumush zahiralardangina iborat bo‘lmay, yer, qurilish,
boshqa ko‘plab iste’mol mollaridan iboratdir. Angliyalik Uilyamm Petti 18-asr
oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning 3% dan kamroq
ekanligini isbotlab beradi.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara berdi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Merkantilizm, dastlabki va keyingi merkantilizm, «pul balansi», «savdo
balansi», proteksionizm, savdo kapitalining asosiy tamoyili; kolbertizm.
Dostları ilə paylaş: