L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

 
Muhokama uchun savollar 
1. Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning bosqichlari, umumiylik va 
farqlari nimadan iborat? 
2. Merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi nima? 
3. Merkantilizm ta’limotining asosiy namoyandalari kimlar? 
4. Merkantilizm ta’limotining tarixiy ahamiyati va taqdiri. 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., Sharq, 1998. 
2.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 
2002. 101-121b. 
3.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 
O‘zbekiston, 2003. 40-47b. 
4.
Amaliy iqtisodiyot: / O‘quv qo‘llanma/ Tarjimonlar I. Fozilov va boshqalar. 
«Sharq» 1996 14b. 
5.
R.Qarshiyev., A.To‘xtamishev. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar 
matni. SamKI, 2000y.


 
20 
MAVZU-4: ILK KLASSIK MAKTABNING VUJUDGA KELISHI 
DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR 
Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti. 
P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari. 
Fiziokratlar. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi. 
A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti. 
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri. 
Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo 
bo‘lishi Angliyada 17-asrga to‘g‘ri keldi. Buyuk Britaniya dunyoda iqtisodiyoti eng 
rivojlangan 
mamlakatga 
aylandi. 
Bu 
yerda 
manufakturalarning 
rivoji 
mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom Ashe hisobiga ro‘y berdi, 
tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga 
pullagan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada 
aynan Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u 
o‘zidan 120 marta kata bo‘lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik Bilan 
foydalangan. 18-asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat 
savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi.
Xullas, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni 
iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda 
yashab ijod qilgan V.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene iqtisodiyotni ilmiy nuqtai 
nazardan tadqiq qildilar.
Bu maktabni klassik (mumtoz) deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo
shundan iboratki, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy
namunali bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. «Klassik 
maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan. Klassik siyosiy iqtisod vakillari 
tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy Fan maqomiga ega bo‘ldi.
Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili V.Petti bo‘lsa, 
Fransiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik bu maktkb 
ta’limoti A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill, 
K.Marks tomonidan yakunlandi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin