22
qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va yer uchastkasining
bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz V.Pettining
birinchilardan bo‘lib differensial renta tushunchasini ilgari surganligini ko‘ramiz.
«Siyosiy arifmetika» deb nomlagan asarida olim birinchilardan bo‘lib
raqamlarni, hisob-kitobni, statistik ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini keng
qo‘lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini
va uning tuzulishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta
e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: