29
A.Smitni tadqiqotining predmetini –
jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning
moddiy turmush darajasini oshirish muammolari
tashkil etadi.
Boylikni ko‘paytirish omillari
Boylikning manbai mehnat va undagi
mehnat taqsimoti
hisoblanadi.
Muallif bu
tezisni to‘g‘nog‘ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi.
Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o‘rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni
tortadi, 2 – uni to‘g‘rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o‘tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10
kishi 48.000 to‘g‘nog‘ich, ya’ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab
chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaganlarida, ularning
hech qaysisi 1 kunda 20dan ko‘p to‘g‘nog‘ich tayyorlay olmagan bo‘lar edi. Demak,
ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko‘proq oshgan (4800/20).
A.Smitning fikriga ko‘ra mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida
odamlar o‘rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim qo‘yidagi
fikrlarni ilgari
surdi:
Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi;
Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat
bo‘lmaydi;
Ishchilar o‘z faoliyatlarini takomillashtiradilar;
Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Demak, A.Smit fikriga ko‘ra jamiyatdagi boylikning asosiy manbai barcha
mehnat jarayonida qatnashganlarning faoliyati natijasida
vujudga keladi va mehnat
taqsimoti orqali ortib boradi. Ammo u faqat moddiy narsalarni yaratish va
o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga
o‘qituvchilarning, yuristlarning,
harbiylarning, ma’muriyatning, yozuvchilarning va
shu kabilarning ko‘rsatayotgan xizmatlarini unumsiz deb topgan.
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligi sohasining ustunligi
g‘oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari
mehnatiga nisbatan kam unumli bo‘ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‘yilgan
kapital haqiqiy boylikka va
daromadga ancha ko‘p qiymat qo‘shadi». Bunda A.Smitning ta’kidlashicha,
iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish
tendensiyasiga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bahosi esa o‘sish tendensiyasiga ega.
A.Smit kapitaldan keladigan daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa
tadbirkorlik riski (tavakkalchiligi) kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to‘lov
sifatida ko‘rsatib beradi. Shuningdek, u boylikni ko‘paytirishda pulning roliga
alohida urg‘u berib o‘tadi.
Jumladan, u shunday deydi, «jamiyat uchun natural
ayirboshlashdan
ko‘ra, pulli ayirboshlash foydali bo‘ladi». Odamlarning
jamg‘armaga bo‘lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o‘z kapitalini ko‘paytirish imkonini
beradi, negaki jamg‘arma investitsiyaning zaruriy sharti hisoblanadi.
Kapitalning
o‘sishi – millat boyligini ko‘paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan
foydalanish bilan birga) asosiy omilidir: kapital qancha ko‘p bo‘lsa, ishchilarni
boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi. Asosiy rol
tejamkorlikka qaratiladi, noo‘rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish,
ya’ni harajatlarning daromaddan ortiqcha bo‘lishiga qarshi bo‘lgan.