I. Kirish Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi



Yüklə 67,79 Kb.
səhifə1/6
tarix15.06.2023
ölçüsü67,79 Kb.
#130674
  1   2   3   4   5   6
KURS



Reja:
I. Kirish……………………………………………………………………………1

  1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi…………………………….4

  2. Mehnat omili va mehnat bozoridagi munosabatlar…………………….10

  3. Talab va taklif qonuni. Mehnat bozori muvozanatining vujudga kelishi………………………………………………………………………14

  4. Mehnat bozorida ishchi kuchi kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati…………………………………………...……………………….16

II. Xulosa……………………………………………………………………..…27
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………….29

KIRISH.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog'langan.mlanishig Haqiqatdan ham talabga ega bo'lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o'z iste’mol sifatlarini yo'qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o'zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko'rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo'q qilish mumkin. Ishchi kuchiga jami talab — investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo'lib, iqtisodchilar e'tiborini jalb etib hamda ular o'rtasida turli tortishuvlarga sabab bo'lib keladi. Shunga ko'ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda siz ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini nimaligi va uni aniqlashni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.1


Yüklə 67,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin