26
Ish haqi nazariyasi
Xuddi fiziokratlarga o‘xshab, A.Tyurgoning
tasdiqlashicha, dehqon barcha
ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Dehqon o‘z
yerida barcha
xunarmandlarning ish haqiniyaratadi. Ish haqiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqaruvchi
yagona mehnat – bu dehqon mehnatidir.U millatning boyligini yer va undan
olinadigan daromadlar deb hisoblaydi.
U ish haqini, F.Kene kabi, yashash vositalari
minimumiga bog‘lab tushuntiradi hamda uni tahlil qilib,
uning pastligiga sabab
qo‘yidagilarni ko‘rsatib beradi:
1.
Mehnatga bo‘lgan talab uning taklifidan orqada qolishi.
2.
Ishchilar o‘rtasidagi raqobatning riovjlanmaganligi.
Sinflar nazariyasi
A.Tyurgo F.Kenega o‘xshab, jamiyatni 3 sinfga ajratadi:
1.Unumli sinf (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘lgan kishilar);
2.Unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va
xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kishilar);
3. Yer egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar yoki ish bilan band
bo‘lganlar» deb ataydi.
Ularning har biridagi odamlarni ikki guruhga bo‘lib ko‘rsatadi, ya’ni
avans
beruvchi tadbirkor yoki kapitalistlar, ular katta kapital
egalari sifatida namoyon
bo‘lib, o‘z avansi yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar
va ish haqi oluvchi oddiy ishchilar, ular ishlab chiqarish vositalaridan mahrum.
Qiymat, pul va foiz nazariyalari
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‘ziga
xos harakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo
tovarning almashuv qiymati va bahosi sotuvchi va haridorlar istagining intensivligi
bilan aniqlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani, ya’ni foydalilik g‘oyasini ilgari surdi.
A.Tyurgo qog‘oz pullarning miqdori yaratilgan
tovar va xizmatlarning
miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari
to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
Olim iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini ko‘rsatib berdi.
Shu bilan birga ssuda foizini qo‘llab-quvatlaydi.
Uningcha, qarzdor ssuda
foizini o‘z foydasidan to‘laydi va bunday «kelishuvdan»
qarz beruvchi ham, qarz
oluvchi ham manfaatdor.
Dostları ilə paylaş: