28
MAVZU 5: KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING TO‘LA TO‘LA
SHAKLLANISHI, SMIT VA RIKARDOLARNING IQTISODIY
TA’LIMOTLARI
A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari.
A.Smitning iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi.
A.Smitning qiymat, mehnat va pul nazariyalari.
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti. «Asr stagnatsiyasi»
18-chi asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy
maktab britaniyalik olimlar
A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu hol tasodifiy
emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda
Angliyada chuqur iqtisodiy,
sotsial va siyosiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan edi. Mamlakatda yuksak rivojlangan
qishloq xo‘jaligi va tez o‘sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi.
Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo‘lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari –
lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilishi
natijasida hosil
bo‘lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi,
mustamlaka siyosati, noekvivalent
savdo,
qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi va h.) tobora ko‘p
miqdorda sanoat va qishloq xo‘jaligiga qo‘yila boshladi. Angliya industrial agrar
davlatga aylandi.
Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko‘paydi,
ishchilarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi.
Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlkatning sanoat mahsulotlari jahon
bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan
savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, qonunlar davr talabiga javob bermay qo‘ydi,
ularning borligi kapitalizm rivojiga to‘sqinlik kilar edi.
Dostları ilə paylaş: