132
mahsulotlarni realizatsiya qilishga yordam beradi va texnika taraqqiyoyati
rag‘batlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak.
Uchinchi gurux uchun tarqatma material.
J.M.Keynsning «Ish Bilan bandlik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yil Chop etildi.
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, J.M.Keynsning Ushbu asari 20-asr iqtisodiy fanida
katta burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham mamlakatlar iqtisodiy
siyosatini ifodalaydi.
J.M.Keyns fikriga ko‘ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va
byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. U, eng avvalo, xususiy
investitsiyalarni
rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni
rag‘batlantiruvchi vositalardan biri kambag‘allar, ya’ni jamg‘armaydiganlar uchun
soliqlarni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini oshirish (bu jamg‘armani
kamaytiradi) taklif qilindi.
J.M.Keyns insonning psixologik moyilligini o‘rganib, uni daromad o‘zgarishi
bilan bog‘laydi. Iste’mol o‘zgarishi bilan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni
iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik, deb ataydi va uni qo‘yidagi formula bilan
ifodalaydi:
MRS = delta S / delta Y
Agar daromad o‘zgarsa, iste’mol ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol
o‘zgarishi daromad o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi.
Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni u iste’molga bo‘lgan o‘rtacha
moyillik deb atadi:
ARS = S / Y
Shu bilan birga J.M.Keyns o‘z nazariyasida jamg‘armaga bo‘lgan moyillik
tushunchasini ham ilgari surdi.
MRS = delta S / delta Y,
va
ARS = S/ Y
Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir
qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar, ya’ni
Delta S + delta S = delta Y.
Keyns jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, agar jamg‘arma
bilan investitsiya o‘rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo‘lsa, u o‘z navbatida
iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan
kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar
investitsiyalar jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad
darajasi o‘zgarmay qoladi.
Dostları ilə paylaş: