L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar 
tushunchasi. 
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan 
foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning 
o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg‘or 
boshqarishning amalga oshirish bo‘lsa o‘sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) 
davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi. 
Quldorlik va feodalizm davrida g‘oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin 
bo‘lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar
miqyosida 
alohida-alohida o‘rganishmoqda. 
Taniqli iqgisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqgisodiy g‘oyalar o‘z davri va 
vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu 
g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash 
mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z 
maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib 
turishlari kerak», deb yozgan edi. 
Kapitalizm 
davrida 
xo‘jalik 
va 
ijtimoiy 
hayotda 
baynal-milallik 
(internatsionalizm) ko‘chayganligi tufayli, iqgisodiy fikrning rivojlanishi ham 
yagona jahon jarayoni-ga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asos-
chilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum 
bo‘ldi, vaxrlanki, undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda 
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan. 


 

G‘arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar 
barchaning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. 
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqgisodiy g‘oya, qarash, 
konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la 
o‘rganish aloxida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar 
olib borish, taxlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi 
sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni ma’lum tizimga 
solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari va 
g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki kelishtirish, 
moslashtirish 
mumkin 
emas. 
Bu 
tarixni 
vulgar 
zamonaviylashtirishga, 
o‘rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi. 
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolyutsion (mavjud 
g‘oyalarning‘ yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha 
konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida 
A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish 
(A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. o‘tish davri 
iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi 
va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O‘zbekiston misolida qarab chiqiladi. 
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya-jamiyat, insoniyat, ayrim 
shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda 
xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan 
davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqgisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha 
donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy 
vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy 
deb hisoblangan, 
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot — 
merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan 
bo‘lsak, uning mohiyati ikgisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir 
metallarni ko‘proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul aylanmasi) 
sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g‘oyalardan 
keskin farq qiladi. 
Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII 
asr). Bu iqgisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri 
uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda 
qayta namoyon bo‘lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan 
bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni 
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va 
ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy 
tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda_»jon» bor albatta, chuni 1917 yili 
Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi.
Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham ekspriment samarasiz 
yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni 


 

chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va 
markschilarning iqtisodiy g‘oyalari ham o‘rin olgan, uning tarixiy takdiri berilgan. 
XIX asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga 
kelgan va umumlashtirilgan holda «marjinalizm, deb ataladigan ta’limot hozirgi 
zamonning asosiy» iqtisodiy goyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab 
o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof qolda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir 
ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor 
munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular 
o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqgisodiy ta’limotlar tarixi 
fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, 
rivojlanishda ekanlishdir. Bir mamlakat chegarasida iqgisodiy ta’limot ta’siri ostida 
iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak. 
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «sotsialistik» 
deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» 
ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmokda 
(«o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro‘y bermokda. 
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida (1991yil 31 avgust) iqtisodiy-
ijtimoiy sohada bir qancha ta’limotlar yaratildi, islohatlar amalga oshirildi va ular 
asosida qator yutuqlarga erishildi. 
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari 2008 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng 
muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi ma’ruzasida 
2007 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga, sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmi 12,1 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,1 
foizga, puli xizmatlar ko‘rsatish 20,6 foizga, pudrat ishlari hajmi 15, 7 foizga o‘sdi. 
Eksportning yuqori darajasi 40,7 foizga o‘sishi hisobiga to‘lov balansining 
barqarorligi a mamlakat oltin valyuta zahirasining o‘sishi ta’minlandi. Davlat 
byudjeti profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
2
Mamlakatimizda o‘tish davrida erishilgan yutuqlarda tarix tajribasi ahamiyati 
kattadir. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish 
fanning asosiy vazifasidir. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin