L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ikkinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini 
o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozirda eng maqbul usul 
ijtimoiy – iqtisodiy ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishiga qarab ish yuritishdir. 
Chunki qaysi ishlab chiqarish usuli ishlab chiqarishni ustun amalga oshiradigan 
bo‘lsa o‘sha davrga xos jamiyatni ishlab chiqarish munosabatlari iqtisodiy 
manfaatlari va boshqalari asosida amalga oshadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini 
o‘rganish ham har bir davrda o‘ziga xos rivojlangan. Jumladan, quldorlik va 
feodalizm davrida g‘oyalarni tarqalishi juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun bu 
davrdagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar xayotida alohida-alohida o‘rganish maqbul 
bo‘ladi. Kapitalizm davrida ijtimoiy va xo‘jalik xayotini baynalminalashuvi 
kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikrlarni rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga 
aylana boshladi. Oqibatda, klassik burjua siyosiy iqtisodining asoschilari A.Smit va 
D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi. 
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. 
«
Metod» deb
fanning predmetini 
o‘rgatish usuli, o‘rgatishda qo‘llaniladigan yondashuvlar, usullar majmuasi 
tushuniladi. Induksiya va deduksiya usullari iqtisodiy ta’limotlar tarixini 
o‘rganishning eng muhim metodologik asoslari hisoblanadi. Induksiya deganda 
o‘rganilayotgan ob’ektning xususiylikdan umumiylikka qarab o‘rganilish tushuniladi. 
Masalan proteksionistik siyosatning tashqi savdoda qo‘llanilishi aholining turmush 
darajasiga va mamlakt iqtisodiyotiga, bulardan butun mamlaktning iqtisodiy 
taraqqiyotiga ta’sirini umumlashtirish mumkin. Deduksiya usuli o‘rganilayotgan 
ob’ektning umumiylikdan xususiylik sari , ya’ni umumiy ko‘satkichlardan xususiy 
ko‘rsatkichlarga qarab o‘rganish tushuniladi. Masalan. Mamlakatning iqtisodiy 
o‘sishiga erishish uchun mamlakat iqtisodiyotida olib borilayotgan islohatlar, 
iqtisodiy qonunlar ularning mohiyati o‘rganilib, umumlashtiriladi va ularning 
iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’siri to‘g‘risida xulosa qilinadi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin