88
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Bundan 2700 yil ilgari Xorazmda
yozilgan «Avesto» kitobida eramizdan oldingi II ming yillik oxiri va I ming yillik
boshlarida ota-bobolarimizning sun’iy sug‘orish asosida dehqonchilik qilishi, yer
unumdorligini oshirishi, tabiatni e’zozlash, asrash, chorvachilik bilan shug‘ullanish
va uni ko‘paytirish sirlarini qanday bilganliklari haqida fikrlar bayon qilinadi. Bu ilk
mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilikni vujudga kelganligi xaqida
fikrlarimizni boyitadi.
«Avesto» kitobida natural-xo‘jalik yuritish va uning afzalliklari haqida
to‘xtalishadi, uni afzalliklari keng targ‘ib qilinadi. Inson moddiy boyliklarni
ko‘paytirishning asosiy manbai ekanligi ko‘rsatiladi. Bu ta’limot o‘z davri uchun juda
to‘g‘ri ta’limot edi. Bu sharq dehqonchiligi, xo‘jalik yuritishi uchun qanday
afzalliklarga ega ekanligini o‘z davri isbotlab berdi. Ko‘chmanchi xalqlarda boylik
manbai bo‘lgan chorva mollarini saqlash, ko‘paytirish, semirtirish va sifatini
yaxshilash yo‘llari ko‘rsatiladi. Uni behuda so‘yib yo‘qotish qoralanadi. Yaxshi
yaylovlar izlab topish, uni e’zozlash chorva uchun yem-xashak xozirlash yaxshi
faoliyat deb baholanadi.Sun’iy sug‘orish, dehqonchilikni yaxshilash, chorvani
ko‘paytirish, va boshqa ishlar xokimiyat jipslashgan, kuchli bo‘lsa yaxshi bo‘ladi deb
uqtiriladi.Kitobda chorvachilikni rivojlantirish, uni sifatini yaxshilashga e’tibor
qaratiladi.Kitobda yaylovlarda «Erkin harakat» ta’minoti zarurligi va bunga kelishgan
holda harakat qilinmasa o‘zaro to‘qnashuvlar va urushlar kelib chiqishi haqida fikr
bildiriladi.Kitobda kelishib, shartlashib ish olib borish va unga amal qilish zarurligi,
bir-birlariga moddiy yordam berib turish g‘oyasi targ‘ib qilinadi.
«Avesto» kitobida jamiyatning sinflarga bo‘linayotganligi va jamiyatning
ijtimoiy iqtisodiy axvolini ham bilib olamiz. Jumladan, urug‘ jamoalarining yemirilib
dastlabki kastalarning paydo bo‘layotganligini, chorvadorlarni, dehqonlarni
xunarmandlarni, harbiylarni asta-sekinlik bilan sinfiy jamiyatga o‘tayotganligini
shuningdek, kitobda aholining yarim ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanayotganligi,
chorvachilikning og‘ir qo‘l mehnati asosida rivojlanganligini ham ko‘rish mumkin.
Odamlarni yaxshi xayot kechirishga intilishlari zarurligi o‘ziga xos
ifodalanadi. Masalan, yaxshi ovqat pishirish imkoni bo‘lsin, otlar pishqirib tursin, ot-
aravalar taxt bo‘lsin, odamlarning qorni to‘q bo‘lsin, zirovar giyoxlar to‘plab
qo‘yilsin, omborlar taxt bo‘lsin …
Asarda tabiiy ofatlarni bo‘lishi muqararligi va shuni e’tiborga olib yegulik,
kiygulik narsalarni jamg‘arib qo‘yish zarurligi haqida ham yozilgan. Jumladan
qurilish ishlariga ham e’tibor qaratilganligini ko‘ramiz. Jumladan, odamlar uchun
Qo‘rg‘onlar va hayvonlar uchun molxonalar solinganini ko‘ramiz.
Avestoni 3-bobi «Vendidot» bo‘lib unda dehqonlar mehnati ulug‘langan.
Dehqonchilikni rivojlantirish uchun qaratilgan mehnat ulug‘langan. Yerlar sifatini
yaxshilash, go‘ng berish, don, o‘t yetishtirish haqida fikr yuritiladi. Yerlarni
sug‘orish, zaxini qochirish haqida yozilgan. G‘alla ekishga asosiy e’tibor qaratiladi.
«Dehqonchiliksiz mo‘l-ko‘lchilik yo‘q» degan g‘oya oldinga surilgan.
89
Dehqonchilikni rivojlantirish bilan qashshoqlikni yo‘qotish lozim deb hisoblanadi.
«Inson yerni tashlasa, unga ishlov bermasa odamlar o‘zgalar eshigi oldidagi gadoyga
aylanadi» deb uqtiriladi. Asketizm (kam ovqat yeyish g‘oyasi) g‘oyasi qoralanadi. Bu
inson kuch-qudratini yo‘qotadi, rahbarlik qilish, oilalar va xo‘jalikni rivojlantirishga
ziyoni tegadi deb ko‘rsatilgan.