90
yersiz yoki kam yerli dehqonlarning yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya
qildilar. Bir davrning o‘zida Rimda bir qancha taniqli olimlar va yozuvchilar o‘z
faoliyatlarini namoyon qilingan bo‘lib, ular qatorida atoqli Rim adibi va olim Mark
Varron (m.o. 116-27y.) va Rim yozuvchisi Yuniy Kolumella (m. 1asr) xalq
xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladilar. Mark Varron
«Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon
etdiUchorvachilikni bozor sharoitida eng foydali tarmoq deb hisoblagan.
Bunga
sabab o‘sha davrda Italiyada don ancha arzon bo‘lib, chorvachilik ancha daromadli
soha hisoblangan. U qishloq xo‘jaligining itqtisodiyotdagi o‘rnini yaxshi
tushunmagan.
Jumladan, Yuniy Kolumella «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida qullar
yerni yaxshi ishlatmaganligi sababli, yerdan yuqori hosil olish qiyinlashmoqda degan
fikrga keladi. Shuning uchun u qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab
chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab beradi. Hosildorligi past bo‘lgan
yerlarni u erkin kolonlarga bo‘lib berishni, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish
zarurligini tavsiya etadi.
Mark Sitseron (m.o. 106-43y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U
yuqorida aytilgan olimlardan farqli ravishda yirik savdoni qo‘llab-quvvatlaydi,
mayda savdoni esa mensimadi. Sitseronning sudxo‘rlikka bo‘lgan
munosabati
ziddiyatli bo‘lgan. Bir asarida sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir asarida uni
qoralaydi. Shu Bilan birga u xususiy mulkchilikni, ekspluatatsiyani kuchaytirishni
tarafdori bo‘lgan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda dehqonchilikning ahamiyati
katta deb tushungan.
Shunday qilib, Rim (hozirgi Italiya)da quldorlik
munosabatlari yuksaldi, lekin
tanazzulga ham uchray boshladi.Osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin
sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo
sudxo‘rlik jamiyati qo‘llangan (sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni,
islohotlar (Grakxlar) yo‘li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan,
ammo uni xato ravishda
qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy g‘oyalari
Varron, Kolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: