88
Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni
Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li
DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Hakimova Nigina Ma`mur qizi
DTPI, Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishi 3BT-21 guruh talabasi
hakimovanigina32@gmail.com
Annotatsiya:
Milliy oʻquv dasturi oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va
fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos
boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar –
oʻqituvchi kitoblari, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni
rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Milliy oʻquv dasturining oʻziga xosligi va
yangiliklari, ahamiyati haqida soʻz boradi.
Kalit so‘zlar:
dastur, darslik, o‘quvchi mashq daftari, o‘quv-metodik material,
ta'lim, standart, davlat ta'lim standarti,STEM,STEAM,taʼlim,dastur,4k,speralsimon
Hozir har bir soha muntazam islohotlar, yangilanish va yaxshilanishlar sari
qadam qo‘ymoqda, jumladan, ta'lim ham. Chunki dunyo ta'limi bugunning ehtiyojlari,
mehnat bozorining talablariga moslashyapti. O‘zgarishlar uchun esa mustahkam asos,
poydevor kerak.
Ta'lim sohasidagi standartlar dunyo mamlakatlarida turli shakl va uslublarga ega.
Fransiya, Yaponiya, Italiya, Xitoy, MDH mamlakatlarida ta'lim markazlashtirilgan va
standartlar butun mamlakat uchun yagona o‘quv dasturlari va rejalar ko‘rinishida joriy
etilgan. Ana shu mamlakatlarda ham so‘ngi 10-20 yil ichida ta'lim standartlari bo‘yicha
yangiliklar, yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada
kabi ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda ham ta'lim standartlari va o‘quv dasturlari
mavjud. Masalan, Shvetsiyada o‘quv dasturi fanlar bo‘yicha o‘quv soatlarini tartibga
solinmaydi. U yerda standartlar 5- va 9-sinf bitiruvchilari fanlar bo‘yicha egallashi
kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni belgilab beradi. AQSHda Ta'lim departamenti
(vazirligi) bo‘lsa-da, standartlarni ishlab chiqish haqidagi qarorlar shtatlar va ta'lim
okruglari darajasida qabul qilinadi. Ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda standartlar
dasturlarga emas, asosan o‘quv fanlariga nisbatan o‘rnatiladi. AQSHda ta'lim
standartlari mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mahalliy
89
standartlar maktabdan keyingi ta'lim va ish beruvchi kutilmalariga mos kelishi, aniq,
lo‘nda va izchil bo‘lishi, qat'iy mazmun va yuqori darajadagi ko‘nikmalarni aks
ettirishi, davlat standartlarining kuchli va ahamiyatli jihatlarini qamrab olishi,
o‘quvchilar global raqobatga tayyor bo‘lishi uchun baland ko‘rsatkichlarga ega boshqa
mamlakatlarning tajribalaridan xabardor holda ishlab chiqilishi va faktik ma'lumotlarga
asoslanishi kerak.
Mamlakatimiz Xalq ta'limi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va
o‘quv-metodik adabiyotlarni xorijiy tajribalar asosida zamon talablariga mos shaklda
ishlab chiqishdir. Bu yo‘nalishda bugungacha ham o‘ziga yarasha qoidalar, standartlar
bo‘lgan va ular o‘z vaqtida o‘zini oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy o‘rta
ta'limning davlat ta'lim standartlari bu borada asosiy yo‘l ko‘rsatkich vazifasini o‘tagan.
Lekin bugun ilm-fan, texnika, texnologoya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning
ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayyapti, yangi fan tarmoqlari, innovatsion
yondashuvlar o‘rtaga chiqyapti va yangidan yangi kasblar payda bo‘layapdi. Bular
rabotatexnika, dasturlash kabi sohalarni misol keltirishimiz mumkin.
Bunday vaziyatda dunyodan ortda qolmaslik uchun ta'lim sohasida jiddiy sa
samarali o‘zgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta o‘ylangan dastur
asosida amalga oshirilishi kerak.
Ta'limni isloh qilish bo‘yicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi.
Umumiy o‘rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS) o‘rnini bosadigan va
ta'limga o‘zgarishlar kirita oladigan Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda.
Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturi (MO‘D) o‘quv-me'yoriy hujjat
bo‘lib, u o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari, o‘qitish metodologiyasi va
baholashni ishlab chiqishga asos bo‘ladi. U bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar,
o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar, mashq daftarlari, o‘quv-metodik materiallar
ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash
yondashuvlarini
qo‘llab-quvvatlaydi
va
ushbu
elementlarning
barchasini
birlashtirishga imkon beradigan dasturdir.
Yangi
O‘zbekistonning
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan
taraqqiyot
strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa
bevosita umumiy o‘rta ta'lim bilan bog‘liq.
Taraqqiyot strategiyasining 42-maqsadiga ko‘ra, 2026-yilga qadar o‘quv
dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqilib, amalda
90
joriy etiladi92. Milliy o‘quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu
jumladan, 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar
uchun metodik qo‘llanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi. Milliy o‘quv dasturi
bo‘yicha yangi metodikalarga o‘qituvchilarni o‘qitish maqsadida Elektron malaka
oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratiladi.
Umumta'lim maktablarida darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan
hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimi yo‘lga
qo‘yiladi.
Milliy o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha ishlarni Xalq ta'limi vazirligi
huzuridagi Respublika ta'lim markazi amalga oshiradi. Xalq ta'limi vazirligining 2020-
yil 31-martdagi "Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish
to‘g‘risida"gi buyrug‘i asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy o‘rta
ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish boshlangan. Uning loyihasi yuqori
salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro
tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida.
Milliy o‘quv dasturlarining yaratilishi ta’limdagi yutuqlarimizni oshirishga
xizmat qiladi. Yangilanayotgan darsliklar va boshqa o‘quv materiallari o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga o‘rgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy tafakkurni o‘stirishga
qaratilgan. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlar esa mamlakatning
ertangi istiqboli va taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir.
Dostları ilə paylaş: |