L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Birinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Birinchi gurux uchun tarqatma material .
Iqtisodiy g‘oyalarni shakllanishi 
insoniyatni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Ammo hozirgi paytda qo‘lyozmalarda 
aks ettirilgan g‘oyalarnigina taxlil qilish imkoniga egamiz. Shu sababli iqtisodiy 
ta’limotlar tarixini quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi davridan boshlashga majburmiz.
Ma’lumki dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan. 
Misrda eramizdan avvalgi IV minginchi yilda yuzaga keldi. 
Buning asosiy sababi, bu yerda texnologik taraqqiyot yuz berdi. Jumladan, 
metall qurol ishlashga boshladilar, qishloq xo‘jaligida sun’iy sug‘orish 
dehqonchiligiga o‘tildi, shu asosda nisbatan turgan qo‘shimcha mahsulot olish 
imkoni tug‘ildi. Natijada jamiyat mehnat taqsimotini,xunarmandchilik sohalarini 
ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga sabab bo‘ldi.
Bu davrda qo‘shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan 
dehqonlarni ekspulatatsiya qilish yo‘li bilan renta-soliq olish edi. Sharqda davlat 
iqtisodiyotga aralashuviga qarab ayrim «Erkin» aholini ahvoli qullarnikidan farq 
etmagan. 
Quldorlik ishlab chiqarish usuli ayrim regionlarda jumladan G‘arbiy 
Yevropada xalqaro savdoni rivojlanish bilan bog‘liq ravishda tovar pul munosabatlari 
ham ancha rivojlangan. Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj 
topdi, o‘z mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari 
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab qildi. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik 
yuzaga keldi. (Gresiya,Italiya) 
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material.
Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni 
aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxa Shastra» dir. Lug‘aviy ma’nosi bo‘yicha 
foyda, amaliy xayot to‘g‘risidagi fan bo‘lib eramizdan avvalgi III-II asrlarda 
to‘ldirilgan. Bu asarda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan va 
qullar past tabaqa deb hisoblangan. Bu asarda buyumni qiymati muommasi 
ko‘tariladi. Qiymat miqdori ish kunlari bilan bog‘langan, rag‘batlantirish esa mehnat 
natijasiga qarab belgilangan. 
Bu asarda davlatni boshqarish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha 
iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, bozor bahosi bilan qiymat o‘rtasidagi 
farq tovarga ehtiyoj ortganda uni bahosi oshib ketishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Savdo 
bilan shug‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan. Foyda masalasi ko‘tarilgan. 
Foydani miqdori tovar bahosi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan. 
Moliya sohasida daromad solig‘iga katta e’tibor qaratiladi. Davlat shu ishlarni 
rivojlantirish uchun moddiy va ma’naviy yordam berish kerak deyilgan. Jumladan, 
mahsulotga baho belgilashda davlatni boyitishdan, hisob-kitobni tartibga solishda, 
o‘g‘irliklarga qarshi kurashishda davlatning roli alohida ekanligi belgilangan.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin