Ikkinchi tarqatma taterial . V.Petti (1623-1687) Angliyada shakllangan klassik
burjua siyosiy iqtisodining asoschilaridan biridir. V.Petti har tomonlama va yuksak
bilimli inson bo‘lgan. U mayda hunarmand matochi oilasida tug‘ildi. Leyden, Parij va
Oksford universitetlarida meditsina sohasida taxsil ko‘rgan. U yoshligidanoq juda
qobiliyatli talaba bo‘lgan. 1647 yili nusxa ko‘chiradigan mashina ixtiro qiladi. 1649
yili fizika doktori darajasini oladi. 1651 yili anatomiya va fizika professori bo‘ladi.
Uning iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida
traktati» (1662), «So‘z donishmadlarga» (1665), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi»
(1672), «Siyosiy arifmetika» (1683) va shu kabi asarlari diqqatga sazovordir.
V.Pettining dastlabki iqtisodiy asarlarida merkantilizmning ta’siri ancha kuchli
bo‘lgan, lekin keyingi «Pul to‘g‘risida bir og‘iz so‘z» (1682) kitobida u
merkantilizmdan voz kechadi. Dastlab u faol savdo siyosati ya’ni «davlatni iqtisodga
aralashuvini to‘g‘ri deb qo‘llagan bo‘lsa keyinchalik bu ishlab chiqarishni
rivojlanishiga yordam berishi kerak, degan fikrni bildiradi. U boylik va
qashshoqlikka baho berib, bu xayotning abadiy va o‘zgarmas, shafqatsiz qonunidir,
degan xulosaga kelgan.
Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog‘ bo‘lib, yog‘ning ortig‘i ham, kami
ham ziyon, ya’ni me’yorida bo‘lgani yaxshi deydi. V.Petti davlatning iqtisodiyotga
aralashuviga e’tibor berib, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin
boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo‘lishi lozim deb ta’kidlaydi.
V.Petti o‘zining tabiiy baho to‘g‘risidagi ta’limotida qiymatning mehnat
nazariyasiga asos soladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turuvchi bozor
bahosiga tabiiy bahoni qarama-qarshi qo‘ya bildi.
Uning fikricha tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo‘lishi kerak, chunki u
mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya’ni non kumushga
almashtirilganda, almashuv qiymati asosida shu mahsulotlarning ishlab chiqarishga
sarflangan mehnat yotadi. Demak, qiymat mehnat bilan aniqlanadi, bundan tashqari
tovarning qiymati kumushni qazib olishdagi mehnatga to‘g‘ri proporsionalligini
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasini
birinchi bo‘lib ko‘rsata olgan. Ammo u qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib
yuboradi va almashuv jarayonida qanday shaklda bo‘lsa shunday, bo‘ladi deb
tushunadi, ya’ni pul shaklida ifoda qiladi, tovarning iste’mol qiymati e’tiborga
olinmaydi, ya’ni qiymat faqat bozorda yuzaga chiqadi, deydi. Albatta u xato fikr
bo‘ladi.
V.Petti yerni sotib oluvchi uchun yillik daromad manbai ekanligini tushungan.
Shunga muvofiq V.Petti yerning bahosi shunday summaga teng bo‘lishi kerakki, bu
summa har yili olinadigan renta xuquqini beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri
hisobladi. Ammo yerning bahosi masalasini to‘la hal eta olmadi, chunki yerning
bahosi ikki faktorga bog‘liq: birinchidan, yer rentasining miqdoriga va ikkinchidan
protsent darajasiga bog‘liq.