102
Uchinchi gurux uchun tarqatma material. Sanoatning rivojlanishi va
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishida Fransiya ham Angliya
bilan bir qatorda bordi. Shuning uchun ham iqtisodiy ta’limotlar tarixida bu yerda
ilg‘or fikrlar foyda bo‘ldi. Bu klassik burjua siyosiy iqtisodining Fransiyadagi
asoschilaridan biri bo‘lgan Per Buagilber (1647-1714) ning iqtisodiy qarashlariga
katta ta’sir ko‘rsatadi. P.Buagilber Normandiyaning dvoryan oilasida dunyoga keldi.
Yaxshi ma’lumot olgach adabiyot bilan shug‘ullandi, keyinchalik Ruan okrugida sud
vazifasida ishlab dehqonlar ishini nazorat qilib bordi, va ularning ahvolini o‘z ko‘zi
bilan ko‘rdi, va u dehqonlarni betinim ximoya qilib borgani sababli o‘zini «qishloq
xo‘jaligini advokati» deb ataydi.
U xayotdagi iqtisodiy muammolarni o‘zining ilmiy qarashlari bilan ifoda qilib
berdi. Jumladan uning iqtisodiy qarashlarini «Fransiyaning to‘la tasviri», «Fransiya
to‘g‘risida varaqa», «Boyliklar tabiati to‘g‘risida traktat» asarlarida ko‘rishimiz
mumkin.
Uning asarlarida Fransiyaning shu davrdagi og‘ir iqtisodiy ahvoli to‘la yoritib
berilgan. Ayniqsa qishloq xo‘jaligining orqada qolib ketishi sabablari to‘g‘ri
yoritilgan. Buning bosh sababi – olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning Kolber va
davlat rahbarlarining merkantilistik qarashlari tarafdori ekanligi fosh etiladi. U
o‘zining iqtisodiy ta’limotlarida sanoat rivojlanishining bir tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga qarshi chiqdi; qishloq xo‘jaligi manfaatlarini ximoya qiladi, don
eksportini cheklashga qarshi chiqadi; soliq tizimini isloh qilish tarafdori bo‘ladi,
ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshilashni oqlaydi.
Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o‘rtasidagi
almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, P.Buagilberning e’tibori tovarning tovarga
bevosita munosabati, ya’ni tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashuviga qaratilgan.
Qiymatning iste’mol tomonini to‘g‘ri tan olgan. P.Buagilber pulga keskin qarshi
bo‘lib, pulda yovuzlik va ofat mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida
almashuvini buzilishiga sabab shundan, kelib chiqadi deb hisoblaydi. U oltin va
kumushni buyuk yovuzlik deb baholagan. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida
almashuv qiymati asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynaydi.