Oshqozon osti bezi gormoni, insulinni mutlaq yoki nisbiy yetishmovchiligi natijasida, qonda qand miqdorining surunkali yuqori bolishi oqibatida yuzaga keladigan patologik jarayon. Kasallik modda almashinuvining barcha turlari buzilishiga, tomirlar, asab tizimi va boshqa qator a’zolar hamda to‘qimalardagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Tasnifi.
1 tip qandli diabet (insulinga bog‘liq) bolalarda va yoshlarda rivojlanadi;
2 tip qandli -diabet (insulinga bog‘liq bo‘lmagan) odatda, 40 yoshdan katta, ortiqcha tana vazniga ega kishilarda yuzaga keladi va kasallikning keng tarqalgan shakli (80-85 % hollarda uchraydi) hisoblanadi;
Ovqatlanish yetishmovchiligi bilan bog‘liq diabet.
Qandli diabetning 1 tipida insulinning mutlaq defitsiti aniqlanadi va jarayon oshqozon osti bezidagi o‘zgarishlarga bog‘liq.
Qandli diabetning 2 tipida insulinning nisbiy yetishmovchiligi kuzatiladi. Birinchi tipdan farqli o‘laroq oshqozonosti bezi hujayralarida insulin yetarli miqdorda ishlab chiqariladi. Ammo, to‘qimalardagi insulin retseptorlarining insulin ta’siriga bo‘lgan sezuvchanligining susayishi oqibatida rivojlanadi.
Etiologiyasi va patogenezi
Birinchi tip qandli diabet autoimmun kasallik hisoblanib, oshqozon osti bezi P-hujayralariga qarshi antitanachalar hosil bo‘ladi. Bu hujayralar o‘limi va destruksiyasiga olib kelishi oqibatida insulin sintezi keskin kamayadi. Mavjud nasliy moyillik, virusli infeksiyalar (qizilcha, suvehechak, gepatit, epidemik parotit’ (tepki) va boshqalar) uni yuzaga keltiruvchi xavf omillari hisoblanadi.
Ikkinchi tipdagi qandli diabetga olib keluvchi xavf omillari semizlik va nasliy moyillik (ota - onalar yoki yaqin qarindoshlarda 2 tipdagi qandli diabet mavjud bo‘lgan kishilarda kasallik xavfi 2-6 barobar ortadi) hisoblansa ham kasallikni yuzaga kelishida insulin retseptorlari genlaridagi mavjud defekt xal qiluvchi ahamiyatga ega.