27
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabatlariga o‘tish va
dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish
kerakligi to‘g‘risidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir.
Hozirgi
davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini
qo‘lladilar, ammo ularning g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab qo‘yildi,
barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar
esa keyingi olimlar
tomonidan xal etildi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai nazaridan
fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi
harakterga ega
bo‘ldi. Ayniqsa, boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi
fiziokratizm g‘oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‘zgarishlar
tufayli tez
unutilayozdi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Klassik (namunaviy) maktab, mehnat boylik manbai, tabiiy baho, bozor bahosi,
qiymat nazariyasi,
sof mahsulot, fiziokratizm, unumli,
unumsiz sinflar, dastlabki
avanslar, har yillik avnslar, iqtisodiy jadval.
Dostları ilə paylaş: