24
oid ko‘pgina asarlar yaratdi. U iqtisodiyot muammolari Bilan 60 yoshidan boshlab
bevosita shug‘ullana boshladi.
F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy
maqolalari Chop etilgan. 1758 yilda uning asosiy asari – «Iqtisodiy jadval» nashrdan
chiqdi.
F.Kenening o‘rganish metodi shundan iborat ediki, u,
yuqori davlat
hokimiyatini tabiiy tartib qonunlarini yaxshi biladigan, o‘qimishli bir shaxs qo‘lida
bo‘lishini maqsadga muvofiq deb bilgan. Ya’ni, «yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan
va yirik yer egalaridan tashkil topmasligi kerakligini uqtiradi. «Ular, deydi u,
birga
qo‘shilib qonunning o‘zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etadi, millatni qul qiladi,
adolatsizlikni keltirib chiqaradi, yirtqichlarga zulm o‘tkazadi va o‘taketgan
beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin».
Dostları ilə paylaş: