23
P.Buagilber V.Pettiga o‘xshab, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat
emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani
ilgari surdi.
U pulga keskin qarshi chiqadi, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning
manbai mujassamlangan, degan fikrga keladi. Pulning
yagona yaxshi tomoni
shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘rnini qog‘oz pul bemalol
qoplaydi. Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib etmaydi.
P.Buagilberning nazariy qoidalarining o‘ziga xosligi shundan ibrat Ediki, u
iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va bunda davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor
etmadi.
Uningcha, davlat to‘g‘ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste’mol va talabni
yuqori darajada ta’minlanishi mumkin. Agar iste’mol sarflari oqimi pasaysa,
tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag‘allar ko‘proq
ishlab topsalar,
soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o‘z daromadlarini tez sarflashga
moyildirlar.
P.Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki,
u qiymatning sarflangan ish
vaqtiga tenglashtirdi. Agar V.Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati asosiy
bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rolni o‘ynadi (Aslida ularni bir-biridan
ajratib bo‘lmaydi).
Dostları ilə paylaş: