108
1759 yilda o‘qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga
bag‘ishlangan o‘zining birinchi «Ahloqiy hissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 1766
yilda o‘zining bosh asari –» Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi
tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi.
Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va qo‘shimcha
daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamg‘arilishining
shakllanishi davrida Yevropaning
iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida – kapitalizm
taraqqiyotining
tarixiy
shart-sharoitlari,
to‘rtinchisida-
merkantilizm
va
fiziokratlarning ta’limotlariga munosabati, beshinchisida
esa davlat moliya tizimi
tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat
orasidagi munosabatlar klassik (mumtoz) maktab qarashlarining asosini tashkil etdi.
Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi keninroq paydo bo‘lishiga
qaramasdan, uning
kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.
Smit o‘z asarlarida va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog‘liq emas, degan xulosaga asoslandi.
Ana shunday xususiyatdan biri egoizm bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik
faoliyatlarida
unga amal qiladilar. Har bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda tutadi, ammo bu
xolatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u «ko‘rinmas qul»
tomondan uning niyatida
ham bo‘lmagan maqsad sari yo‘naltirildi.
Smitning ta’rificha foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf
keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (sho‘rolar davrida, markscha-lenincha g‘oyada
tanqid qilinar edi).
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan,
shuning
uchun kapitalistik munosabatlar adabiy, kapitalistik xo‘jalik namoyandalarining
xususiyatlari odamning
tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi.Bu fikrni bozor
munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin.
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi,
hodisalarning ichki bog‘lanishi masalalariga kirib bordi.
Shunga parallel ravishda u
boshqa yo‘ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat to‘g‘risidagi bevosita kuzatish
natijalarini umumlashtirdi.
Birinchi metod izoterik, ikkinchisi- ekzoterik usullar deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: