106
Baholash: reyting tizimida
Kutiladigan
natijalar
O‘qituvchi: Belgilangan vaqtda interaktiv
usulni qo‘llab mashg‘ulotni
qiziqarli va mazmunli o‘tishiga
erishadi
Talaba: Mavzuni to‘liq
o‘zlashtirishga, Smit va
Rikadolarning iqtisodiy
talimotlarini o‘rganishga, bir-
birini fikrini xurmat qilishga
va mustaqil fikrlashga
o‘rgandi
Kelgusi
rejalar
Interaktiv usulda
mashg‘ulotlarni o‘tishga
ko‘nikma hosil qilib boradi
Jamoa bo‘lib ishlash, o‘z
fikrini bayon etish
ko‘nikmasini egallab boradi
«Zig-zag» usuli bilan Amaliy mashg‘ulotni olib borilishi «Zig-zag» usulining bir qancha afzalliklari bor. Xususan Ushbu usulni qo‘llash
orqali talabalar jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini hosil qiladi va mavzuni
o‘zlashtirishga ketadigan vaqt tejalib, qisqa vaqtda kata materialning
o‘zlashtirilishiga erishiladi. Ushbu usulning ketma-ketligi qo‘yidagicha amalga
oshiriladi:
Talbalar bir qancha kichik guruxlarga bo‘linadi.
Har bir guruxga mavzu bo‘yicha bittadan savol beriladi.
Har bir gurux a’zolari tarqatilgan savollarni belgilangan vaqtda
o‘rganadilar.
Har bir guruxda yetakchi saylanadiva ular tarqatilgan matnni o‘rganishda,
savolning mazmunini trearn tushunishda guruhiga yetakchilik qiladilar.
Liderning fikri gurux azolaritomonidan inobatga olinadi va to‘ldirialdi.
Matnlar guruxda to‘liq o‘rganilib bo‘lingandan keyin ular guruxlararo
almashtiriladi.
Guruxlarda Yangi savol o‘rganiladi.
Kichik guruxlarda barcha savollar o‘rganilguncha Ushbu jarayon
takrorlanadi.
Guruxlar bir-birlarining bilimlarini baholash va o‘shlashtirish darajasini
aniqlash uchun guruxlar o‘qituvchi belgilab bergan tartibda bir-birlariga
savollar beradilar.
Savol berilgan gurux javob berishi va boshqa guruxlar qo‘shimcha
qilishlari mumkin.
O‘qituvchi har bir jaob bo‘yicha guruxlarni baholab boradi.
Gruxda faol qatnashgan talabalar yuqori ball bilan rag‘batlantiriladi. Bir
marta ham savol jaobda qatnashmagan talabaga qoniqarsiz ball qo‘iladi.
Mazkur mavzuni «Zig-zag» usulida olib borishda gurux 5ta kichik guruxlarga
bo‘linadi. Chunki mavzu 5ta savolga bo‘lingan.
Ushbu usulning afzalligi talabalar barchasi mavzuni to‘lig‘icha o‘rganishga va
baholanish uchun javob berishga harakat qiladilar.