L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

O‘qituvchi: 
Belgilangan vaqtda interaktiv 
usulni 
qo‘llab mashg‘ulotni 
qiziqarli va mazmunli o‘tishiga 
erishadi 
Talaba: 
Mavzuni 
to‘liq 
o‘zlashtirishga, 
fanning 
predmetini, 
maqsadini 
va 
o‘rganish 
usllarini 
to‘liq 
o‘rganishga, bir-birini fikrini 
xurmat qilishga va mustaqil 
fikrlashga o‘rgandi 
Kelgusi 
rejalar 
Interaktiv 
usulda 
mashg‘ulotlarni 
o‘tishga 
ko‘nikma hosil qilib boradi 
Mustaqil ishlash jarayonida 
tegishli topshirishlar bajarish 
ko‘nikmasini eagallab boradi. 
Mashg‘ulotni olib borishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va 
foydalaniladigan tarqatma materiallar bayoni. 
1. Mayda ishlab chiqarish nazariyalarining asosiy g‘ofyalari va nomoyondalari 
deganda fikringizga qanday g‘oyalar, ta’limotlar va konsepsiyalar keladi

Ushbu 
savolni yoritib berishda
 
biz «Aqliy xujum» texnologiyasini qo‘llaymiz. Bunda 


 
114 
talabalar fikrlariga kelgan so‘zlarni navbat bilan bayon etadilar. Talabalar tomonidan 
beriladigan fikrlarning hammasini inobatga olinadi. Yetarlicha fikr yig‘ilgandan 
keyin o‘qituvchi tomonidan bu fikrlar umumlashtriladi. Texnologiyaning muhim 
tomoni talabalar erkin fikrlaydilar, ularning fikrlari tanqid qilinmaydi, nazardan 
chetda qoldirilmaydi, ularda fikrini bayon etishga ishonch paydo bo‘ladi. 
Rejadagi qolgan savollar «Kichik guruxlarda ishlash» texnologiyasi bilan olib 
boriladi. «Kichik guruxlarda ishlash» uchun kichik guruxlarg8a tarqatma mteriallar 
tarqatiladi.
Birinchi gurux uchun tarqatma material. K.I.Rodbertusning iqtisodiy 
qarashlari va uning nazariyasi. 
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy 
Greyfsvoldda 1805 yilda tug‘ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqsan 
tahsil olib, shu mutaxao sislik bo‘yicha ma’lum vaqg ishladi. Burjua demokratik 
revo-lyutsiyasi yillarida parlament a’zosi, keyinchalik vazir (mi-nistr) lavozimlarida 
faoliyat ko‘rsatdi. K.Rodbertus Germa-niya mayda burjua ik^isodiy ta’limoti vakili 
bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‘oyalari ta’sirida edi. U xayoliy 
sotsializm va konservativ reformizm g‘oyalari asosida o‘zining eklektik 
konsepsiyasini yaratdi. 
1842 yidda K.Rodbertus «Davlat-xo‘jalik tizimimizni bilish yo‘lida» deb nomdangan 
kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan 
shu kito-bida qo‘shimcha qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. K.Rodbertusning 
nazariyasi va xulosala-riga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va 
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish hamda bu ta’limotlarni 
chuqur ilmiy tahlil qilgan edi. 
Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning vujudga 
kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. 
U K.Rodbertus qo‘shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, 
kapitalistik sinflar o‘rtasida qo‘shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq 
tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi. 
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to‘lamaslik samarasi deb 
hisoblash, bu hali qo‘shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish degan gap emas 
edi. K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan 
tashqari, katta tomni tashkil etgan to‘rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgandir. Unda u 
qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko‘rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy 
zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mexnat harajatlari bilan anikdanib, 
bu o‘rinda bir xil mehnat harajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i nazar bir xil 
qiymat hosil qiladi, deb ko‘rsatiladi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va kumushdan 
yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov deb hisoblaydi. Bu o‘rinda 
«mehnat kunlari» ham izohlanadi, Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik 
tovar xo‘jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. 
K.Rodbertus o‘zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan 
xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch 
bosqichdan iborat bo‘ladi: 


 
115 
1. K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‘linishini ko‘rib 
chiqadi.
2. U rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi.
3.Uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapita-list va yer 
egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi.
K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‘nggi yillar qiymatning mehnat nazariyasidan 
uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta 
qurish loyihalarini e’pon qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga 
isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘zda tutar edi. 
Bu yo‘l keyinga islohotchilik yo‘nalishidagi nazariy maktab to-monidan qo‘llaniladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin