103
xo‘jaligini mamlakat boyligini asosi deb tushundilar.
Fiziokratlarning yana bir muhim tomoni shundaki, ular merkantilistlardan farq
qilib, o‘z tadqiqotlarini muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri
ko‘chirdilar. Ammo fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo‘jaligi
sohasi bilan cheklab qo‘yib yanglishdilar.
F.Kene iqtisodiyot erkin
raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosini stixiyali
o‘zgarishni iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog‘liq bo‘lmagan
tabiiy jarayon ekanligini to‘g‘ri ko‘rsata bildi. Ammo bu abadiy qonunlar deb
yanglishdi: fiziokratlarning iqtisodiy ta’limotida «sof mahsulot» tushunchasi
markaziy o‘rinni egallaydi. Ya’ni uning fikricha «sof mahsulot» faqatgina
dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari faqat
turli
konbinatsiyalarda uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan
mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning miqdori ko‘paymaydi shuning uchun «sof
mahsulot» paydo bo‘lmaydi va boylik yaratilmaydi. Uning fikricha «sof mahsulot»
miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liq bo‘lib, bu chiqimlarga
xom ashyo sarflari, materiallari va ish xaqi kiradi.
Fiziokratlarning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti «sof
mahsulot» to‘g‘isidagi ta’limot bilan chambarchas bog‘liq uning davomi hisoblanadi.
Kene «sof mahsulot» to‘g‘risidagi qarashlari oila jamiyatni uch sinfga: unumli
sinf (fermerlar); yer egalari sinfi va «unumsiz» sinf (bu sinf sanoatchilar sinfi) deb
ham aytiladi. Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jaligi
ishlari ham,
fermerlar ham, ya’ni uningcha, «sof mahsulot» yaratuvchilarning
hammasi kiradi. Yer egalari «sof mahsulot» yaratganligiga qaramasdan, shu bilan bu
mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to‘lovi sifatida
oladilar. «Samarasiz», «unumsiz» sinf vakillari
esa dehqonchilikdan boshqa
tarmoqlarda ishlaydi va «sof mahsulot» yaratmaydi deb hisoblaydi.
Kene burjua jamiyatining asosiy sinflarini ko‘ra bilmadi. Yollanma ishchilar
bilan kapitalistlarni birlashtirib yanglishdi.
Fizokratlarning yana bir muhim xizmatlari shuki, ular burjua dunyoqarashi
doirasida kapital tushunchasini taxlil etishgan. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan
kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo‘jaligi qurollari va inventarlar, mollar,
urug‘liklar xodimlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kirishini to‘g‘ri
tushuntiradi. Merkantilistlardan farqli ravishda pullarning o‘zi
emas balki pulga
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital bo‘lib hisoblanadi, deydi. Ammo,
kapitallarning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari
sifatida kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan
ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, tarixiy bo‘lmagan
kategoriya deb
ko‘rsatilgan.
F.Kene ta’limotida ishlab chiqarish chiqimlarini tadqiq qilish orqali kapitalning
tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi. Bunda kapitalning aylanish
harakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang‘ich avans hisoblanib, unga
qishloq xo‘jaligi inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarf harajatlar kiradi.
yillik avans deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug‘lik olish, qishloq xo‘jaligi
ishchilari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi.