L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


  Beshinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

 
104 
Beshinchi gurux uchun tarqatma material. 
XVIII asr 2-yarmida uning ishini 
va tadqiqotlarini Fransiyadagi taniqli davlat arbobi A.Tyurgo davom ettirdi. Shunday 
qilib, xaqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o‘sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar» 
maktabi dunyoga keldi. A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan 
(1769-1770 yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo‘lishi va taqsimlanishi 
to‘g‘risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to‘la yoritilgan.
U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, 
feodalizmni islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga (F.Kene 
fikri) ishonmadi. 
1774 yili qirol Lyudovik 16-chi A.Tyurgoni moliya bosh nazoratchisi 
lavozimiga tayinladi. Bu lavozimda 2 yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo mamlakat 
iqtisodiyotini har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir 
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, 
mamlakat ichkarisida donning erkin savdosini tashkil etilishi, natural yer 
majburiyatini pulli yer solig‘i bilan almashtirilishi, sanoat sohasida tadbirklorlikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik birlashmalarining bekor qilinishi 
shular jumlasidandir.
Ish haqi nazariyasi 
Xuddi fiziokratlarga o‘xshab, A.Tyurgoning tasdiqlashicha, dehqon barcha 
ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Dehqon o‘z yerida barcha 
xunarmandlarning ish haqiniyaratadi. Ish haqiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqaruvchi 
yagona mehnat – bu dehqon mehnatidir.U millatning boyligini yer va undan 
olinadigan daromadlar deb hisoblaydi. U ish haqini, F.Kene kabi, yashash vositalari 
minimumiga bog‘lab tushuntiradi hamda uni tahlil qilib, uning pastligiga sabab 
qo‘yidagilarni ko‘rsatib beradi: 
3.
Mehnatga bo‘lgan talab uning taklifidan orqada qolishi. 
4.
Ishchilar o‘rtasidagi raqobatning riovjlanmaganligi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin