L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

13
 
M.Q.Pardayev. «Iqtisodiyotga oid fanlarni Yangi pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llab o‘qitish». Uslubiy 
qo‘llanma. SamISI 2007y -79-80b 


 
100 
6.
Endi gurux bo‘yicha har bir talaba yakka holda baholanishi lozimBuning uchun 
ularning har biriga shu o‘zlari o‘rganayotgan mavzudan yozma savollar beriladi 
va qog‘ozja javobiga joy qoldiriladi. Shu joyga har bir talaba o‘zining to‘g‘rii 
javobini yozishi lozim. So‘ngra javob yozilgan qog‘ozlar yig‘ilib olinadi. 
7.
Har bir savolning javobi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan 
bo‘ladi. Har bir talabaning o‘zi javoblarini o‘zlari tekshirib qanchasi to‘g‘ri 
qanchasi noto‘g‘ri ekanligini belgilab boradi. Tekshirish jarayonida bir guruxning 
javoblarini boshqasi tekshiradi. Har bir talabaning umumiy balini baholash 
mezoni asosida baholanadi. Ular «A’lo», «Yaxshi», «Qoniqarli», «Qoniqarsiz». 
Deb baholanadi. 
8.
Dars umumlashtiriladi. Uning yutuq va kamchiliklari umumlashtirialdi. Kelgusi 
dars uchun tegishli topshirishlar beriladi. 
Birinchi gurux uchun tarqatma material. 
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning 
umumiy harakteristikasi. 
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining shakllana borishi bilan 
merkantilizm iqtisodiy ta’limoti o‘rniga klassik kapitalistik iqtisodiy ta’limotlari 
maktabi vujudga keldi. Uning namoyondalari o‘z ilmiy tadqiqotlarining asosi qilib 
jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini oldilar va kapitalistik munosabatlarni 
ilmiy taxlil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlarni qo‘ydilar. Kapitalistik ishlab 
chiqarish munosabatlari ayrim mamlakatlarda feodal munosabatlarning uzoq vaqt 
saqlanganlik darajasiga qarab turlicha rivojlandi.
Burjua munosabatlari sanoat rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, Angliyada 
XVI asrdan boshlab shakllana boshladi.
Bunda uy hunarmandchiligi o‘rniga manfakturaning kirib kelishi katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Uy hunarmandchiligiga asosan ishlab chiqarishda hamma 
asosiy ishlar bir odam yoki oila tomonidan amalga oshiriladi, jumladan sotib olish
tayyorlash, qayta ishlash va sotish ishlari va boshqalar. Manufakturada esa (lotincha 
«qo‘l mehnati») mehnat taqsimoti, asosiy o‘rin egallaydi, kooperatsiyada esa asosan 
yollanma ishchi kuchidan foydalaniladi. Demak, yollanma ishchi kuchidan 
foydalanish XVI asrdan boshlab yuzaga kelganini ko‘ramiz. Bu kapitalistik ishlab 
chiqarish munosabatlarining kurtaklari edi. Angliyada XV asrdan boshlab 
dehqonlarni yerdan mahrum qilishning boshlanishi, yerning yirik landlordlar qo‘liga 
o‘ta boshlashi oqibatda kapitalistik fermerchilik yuzaga kelishi, ular yerni 
lendlordlardan uzoq muddatga ijaraga olishi ularning yollanma mehnatidan keng 
foydalanish keyinchalik texnikani keng qo‘llanish boshlandi. 
Xalq xo‘jaligini rivojlana borishi bilan kashfiyotlar ham yuzaga kela boshladi. 
Jumladan, Angliyada tabiiy fanlar, ayniqsa mexanika, astronomiya, fizika fanlari tez 
rivojlandi. Bu davr Isaak Nyuton (1643-1727), Tomas Gobs (1588-1679) singari 
olimlarni yetishtirib berdi. 
Tomas Gobs fikricha, jamiyat mexanizmga o‘xshash narsadir «inson insonga 
bo‘ri» bo‘ladi, egoizm insonning harakatlantiruvchi kuchidir. Tomas Gobsda tarixga 
zid fikrlar bor bo‘lib uning g‘oyasiga ko‘ra ijtimoiy xayotda xuddi tabiatdagi kabi 
ob’ektiv qonuniyatlar mavjuddir. Ana shunday sharoitda klassik iqtisodiy maktabi 


 
101 
shakllandi va rivojlandi. Bu maktab vakillarining merkantilistlardan farqi, ular faqat 
muomala munosabatlarini taxlil qilib qolmadilar, balki kapitalistik ishlab chiqarish 
munosabatlarining ichki iqtisodiy aloqalarini o‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini ishlab 
chiqarish sohasiga ko‘chirdilar. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin