DISKPART> clean
Программа DiskPart обнаружила ошибку: Отказано в доступе.
Дополнительные сведения см. в журнале событий системы.
DISKPART> clean
DiskPart: очистка диска выполнена успешно.
DISKPART> create paritition primary
Microsoft DiskPart, версия 10.0.19041.610
PARTITION - Создать раздел.
VOLUME - Создать том.
VDISK - Создание файла виртуального диска.
DISKPART> format fs=ntfs yoki bu format fs=fat32
DISKPART>exit enter bosamiz.
Mavzu:2. Kriptografik himoya asoslari.
Reja:
1. Kriptografiya tarixi.
2. Ma’lumotlarni shifrlash usullari haqida.
3. Simmetrik shifrlash tizimlari va asimmetrik shifrlash.
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Birinchi, marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullaning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri – raqamli signatura – maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma’lum bo‘lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullardan ko‘proq afzalliklarga ega.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Dostları ilə paylaş: |