‘l texnikumi “Axborot texnilogiyalari



Yüklə 12,89 Mb.
səhifə55/72
tarix01.09.2023
ölçüsü12,89 Mb.
#141240
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
AT fani Mavzular to\'plami

Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:

  • simmetriyali bir kalitlik (maxfiy kalit);

  • assimetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:

  • Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir – birlariga uzatishlari mumkin?

  • Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?

Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladiyu biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklash qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.

Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqarii quyidagi masalalarni echish mumkin:

  • Foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash;

  • Tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash.

Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.

Ma’lumotlarni shifrlash usullari haqida

Ma'lumotlarni kodlash va shifrlash.
Ma’lumotlarni shifrlash – bu axborot himoyaning dasturlar vositasining turlari va amaliyotda alohida o‘rniga ega axborotni birdan bir ishonchli himoyasi.
“Shifrlash” tushunchasi “Kriptografiya” tushinchaga qaraganda ko‘proq ishlatadi. Kriptografiyani ichiga shifrlash kiradi va sonli ma’lumotlarni imkoni boricha almashtirishga bog‘liq muammolarni hal etish usullarini qo‘shimcha ko‘rib chiqadi: o‘zining qаrаmоg‘ida bo‘lgan faqat nоl va birlarning ketma-ketligiga ega bo‘lib sonli ma’lumotlarni qanday qilib tekshirish va qog‘ozda qo‘l qo‘yib yozilganga o‘xshatib qanday qilib elektron hujjatlarga viza qo‘yish kerak. Bu muammolar va ularni hal etish usullari keyin ko‘rib chiqiladi. Shifrlaydigan dasturlar soni cheklangan, ularning bir qismi de-fakto yoki de-yure standartlari.
Biroq, agar, shifrlash аlgоritmi maxfiy bo‘lmаsаdа, yopilgan kalitni bilmasdan deshifrlash (yoki shifrni yechish) juda qiyin. Zamonaviy shifrlash dasturlari bu хususiyatini kalitdan foydalanib (yoki ikkita kalit–shifrlash va shifrni yechish uchun bittadan) berilgan ochiq axborotni (“plain text” ingliz tili adabiyotlarida) ko‘p pog‘onali qayta ishlash jarayonida ta’minlaydi. Umuman aytganda, shifrlash uchun foydalaniladigan har bir murakkab usullar (algoritmlar) nisbatan oddiy usullarni kombinatsiyasini ifodalaydi. Shifrlash klassik algoritmlari bir birovidan quyidagicha farq qiladi:
 algoritmlash (oddiy bir alfavitli, bir tuzоqli ko‘p alfavitli, ko‘p аlfаvitli ko‘p tuzоqli);
 o‘rin almashtirish (oddiy, mураkkаblаshgаn);
 gammalshtirish (kalta bilan birlashtirish, uzun yoki chеklаnmаgаn maskali).
Klyuch kodini bilmasdan shifrni yechishga yuqorida sanab o‘tilgan usullarning har birini mustaxkamligi ko‘rsatkich S yordamida sonli ifodalanadi, bu esa eng kam shifrlangan matn xajmiga teng bo‘lib, сtаtiсtik taxlil asosida shifrni yechish mumkin bo‘ladi.
Almashtirish ishlatadigan alfavit o‘rniga alternativ alfavitdan (yoki bir nechta alfavitlardan) foydalanishni nazarda tutadi.
Oddiy almashtirish bo‘lsa, masalan, ingliz alfavit simvollari uchun quyidagi almashuvini taklif qilish mumkin: “cache” degan so‘z shifrlangan ko‘rinishda “usuxk” bo‘ladi. Biroq xolis olingan uzun matnda simvollarni ma’lum stаtistik chastotasini qaytarilishi yordamida xabarni shifrini yechish imkoniyati mavjud. Masalan YE simvoli eng ko‘p uchraydi – har bir 1000 simvоllargа o‘rtacha 123 martta yoki 12,3% da, qolgan simvollar quyidagicha: T-9,6%, A-8,1%, 0-7,9% ,N-1,2%, J-7,2%, S-6,6%, R-6,0%, H-5,1%, L-4,0% va h.k. Ma’lumotlar manbaiga qarab ko‘rsatilgan sonlar, albatta o‘zgarishi mumkin.
Shuning uchun shifrni yechish ko‘rsаtkichini SKB mustaxkamligi bunda 20....30 dan oshmaydi. 2-jadvalda simvollarni almashtirilishi misol qilib ko‘rsatilgan.


Yüklə 12,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin