Ishlab chiqarish sohasi Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmokda. Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli uzgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham kompyuter beg’araz yordamchidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni Qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.
AKTni davlat boshqaruv organlariga joriy etish darajasi Veb-sayti mavjud bo’lgan davlat boshqaruv organlari -2007%; Markaziy apparatda kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlik - 90%, bo’linmalarda – 46%; Lokal tarmoqlarni yaratish – 81%; Idora ichida qog’ozsiz hujjat almashish ulushi – 75%; Xodimlarning kompyuter savodxonlik darajasi – 71%; Davlat axborot resurslari soni – 163;
Tasdiqlangan interaktiv davlat xizmatlari turlari – 94;
«.UZ» zonasi domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish tashkilotlar soni - 7;
ERI markazlari soni – 8;
Berilgan ERI kalitlari soni – 150 mingdan ortiq
Operator – bu o’z tarmog’iga ega va shu tarmoq orqali Internet xizmatini ko’rsatuvchi yuridik shaxs
Provayder – o’zining tarmog’i mavjud bo’lmagan boshqa korxonalarning tarmoqlari orqali Internet xizmatini ko’rsatuvchi yuridik shaxs
Davlat organlarining veb-saytlari www.gov.uz UZR xukumat portali www.uzngi.uz