l. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi
2. Tijorat bankining o‘z mablag‘lari
3. Tijorat banki kapitali va uning tarkibi
l. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari kabi o‘zining xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim. Iqtisodiyotning rivojlanishida bank resurslarini tashkil etish muammosi bank faoliyatini bir maromda olib borishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Buni shunday izohlash mumkin: iqtisodiyotning bozor modeliga o‘tishi bilan bank ishida davlat monopoliyasi tugatiladi, ikki bosqichli bank tizimining shakllanishida bank resurslari xarakteri ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Undan tashqari, uning aktiv operatsiyalari obyekti orqali aniqlanadigan bank faoliyatining ko‘lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag‘lar summasiga bog‘lik bo‘ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo‘yicha banklar o‘rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin. Bular, banklarning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lardir. Jalb qilingan resurslarni ba’zi hollarda ikkiga bo‘lib qaraladi – bu jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya’ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv opera tsiyalari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sa babli passivlarning tarkibi va xarakteri ko‘p jihatdan banklarning aktiv operat siyalarini amalga oshirishda o‘z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatin ing o‘zgarishi ham ta’sir qiladi.
Bank resurlarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil etadi. Boshqa kapitallarni jalb qilish uchun bank o‘z kapitalining yetarli darajasi miqdorini ko‘rsatishi lozim.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun ham bank barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining bankka oqimini ta’minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z mablag‘larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga oshiriladi, kreditlar berish salohiyati, to‘lovlar, banklarning daromadlari vujudga keltiriladi.
Bank resurslarining aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin. Bank resurslarining aylanishi 4-chizma
Bank resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni tashkil qiladi va bu esa o‘z navbatida banklar faoliyatining doimiyligiga asos hisoblanadi.
Alohida tijorat banklari uchun bank resurslari tarkibiy tuzilishi turli xillik bilan farqlanadi. Bu uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Ikkita tijorat banki resurslarining tarkibiy tuzilishi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
1-jadval Bank resurslari tarkibi