Labaratoriya №13 Mavzu: ad hoc simsiz tarmoqlar. “Ulanish nuqta” infratuzilmasini tadqiq qilish. Bajardi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/6
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#43458
1   2   3   4   5   6
13-labaratoriya. SA

Ad hoc simsiz lokal tarmog‘i

Ad hoc turdagi simsiz lokal tarmoqda aloqa Wi-Fi-adapterlari bilan jihozlangan qurilmalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatiladi va bu holda ulanish nuqtasi umuman ishlatilmaydi. Ad hoc rejimi - "teng-tengi bilan" (peer-to-peer) rejimi hisoblanmaydi.

Shunday qilib, Ad hoc rejimidagi simsiz lokal tarmoqda tarmoq adapterlari tarmoqning tarkibiy komponentlarini birlashtirish uchun simsiz ishlatiladi.

13.2-rasm. Ad hoc infratuzilmasi
Internetga ulanishni tashkil etish

Hotspot jamoat simsiz zonasi (Wi-Fi-zonasi) hisoblanadi.

Wi-Fi texnologiyasi ulanish nuqtasi radiusida Wi-Fi simsiz radioulanish protokoli bo‘yicha Internet tarmog‘ining resurslariga ulanishni ta’minlaydi. Bu umumiy ulanish nuqtalari Hotspot yoki Internet tarmog‘iga yuqori tezlikda simsiz ulanish joylari deyiladi.

Hotspot yoki ommaviy simsiz ulanish zonasi Wi-Fi standarti simsiz adapteriga ega bo‘lgan qurilmaga ega foydalanuvchi Internetga ulanishi mumkin bo‘lgan Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qamrab olingan hudud (vokzal binosi, ofis, o‘quv xonalari, kafelar va h.k.) hisoblanadi.

Hotspot  radioqamrab olish zonasini kengaytirish yoki simsiz tarmoqning ishlash radiusini kengaytirish uchun asosiy ulanish nuqtasidan ma’lum masofalarda asosiy ulanish nuqtasining sigallarini qayta uzatadigan repiterlar (Wi-Fi retranslyatorlar) o‘rnatish mumkin. Retranslyator sifatida ulanish nuqtasida repiter rejimida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Hotspot  radioqamrab olish zonasini kengaytirish uchun maxsus chiqariladigan Wi-Fi antennalaridan (panelli, parabolik va boshqalar) foydalanish mumkin.

Umuman holda, Hotspot tashkil qilish uchun ulanish nuqtasi standart usullar - ADSL, 3G texnologiyalari yoki Fast Ethernet lokal tarmoqdan biridan foydalangan bilan provayderga ulanadi.



13.3-rasm. Internetga ulanishni tashkil etish
SHuni ta’kidlash kerakki, ulanish nuqtasiga Wi-Fi va VoIP servisi integratsiyalangan mobil telefonning ulanishida an’anaviy va sotali telefoniyaga qaraganda xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxi sezilarli darajada kamayadi.

Katta hududda ommaviy simsiz ulanish zonasini, ya’ni xotzonalarn tashkil qilish uchun bitta ulanish nuqtasi emas, balki bir nechta ulanish nuqtalarini ishlatish maqsadga muvofiq. Katta hududda joylashgan ulanish nuqtalarini birlashtirish uchun tutashtirish kommutatorlarini, ularni markazlashtirilgan boshqarish uchun esa simsiz ulanish nuqtalari kontrollerini qo‘llash mumkin.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin