Labaratoriya №13 Mavzu: ad hoc simsiz tarmoqlar. “Ulanish nuqta” infratuzilmasini tadqiq qilish. Bajardi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#43458
1   2   3   4   5   6
13-labaratoriya. SA

Ad Hoc tarmoqni sozlash

Bitta darajali rejim deyiladigan Ad Hoc rejimi quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek, ulanish nuqtasidan foydalanmasdan tugunlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (nuqta-nuqta) bog‘lash imkoniyatini beradi. Qayd etilgan infratuzilma mavjud bo‘lmaydi.

Ad Hoc simsiz tarmog‘i kamida ikkita mijozlardan tashkil topishi kerak. Misol sifatida ikkita A va V kompyuterlarni olamiz.

Izoh: sozlashni boshlashdan oldin Windows Zero Configuration ( WZC ) xizmati ishga tushirilganiga ishonch hosil qilish kerak. Agar uning ishga tushirilganligi yoki tushirilmaganligi ma’lum bo‘lmasa, sozlanishlarni tekshirish uchun quyidagi bosiladi.

1. A kompyuterda Ad Hoc tarmog‘i profilini yaratish.

1-qadam: Boshqarish paneli → Tarmoq bog‘lanishlariga o‘tiladi va Simsiz tarmoq ulanishini (Wireless Network Connectoin) topiladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasi Simsiz tarmoq ulanishiga bosiladi va Xususiyatlar (Properties) tanlanadi.

2-qadam: Simsiz tarmoqlar yorlig‘ida Qo‘shish (Add) tugmasi bosiladi.

3-qadam: Simsiz tarmoq xususiyatlari oynasidagi Aloqa oynasida Simsiz tarmoq nomini [SSID] kiritiladi. Bizning misolimizda simsiz tarmoqning nomi adhoctest bo‘ladi. Keyin oynaning pastki qismida, katakcha belgilanadi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter-kompyuter bog‘lanish, ulanish nuqtalari ishlatilmaydi. Keyin OK tugmasi bosiladi.

4-qadam: 3-qadam bajarilgandan so‘ng, afzal ko‘rilgan tarmoqlar adhoctest nomli tarmoq profili paydo bo‘lishi kerak. Sozlamalarni saqlash uchun OK bosiladi.

2. A kompyuterida IP manzilni qo‘lda sozlash.

5-qadam: Sichqonchaning o‘ng tugmasi Simsiz tarmoq ulanishiga bosiladi va Xususiyatlar (Properties) tanlanadi.



6-qadam: Umumiy (General) yorlig‘ida Internet protocol (TCR/IP) ikki marta bosiladi.

7-qadam: Quyidagi IP-manzildan foydalanishni (Use the fallowingIP address) belgilash va IP-manzil va quyi tarmoq niqobini kiritish kerak. Keyin OK bosiladi.

8-qadam: Simsiz tarmoqqa ulanish → xususiyatlar oynasida OK bosiladi.

3. B kompyuterda Ad Hoc tarmog‘ini qidirish

9-qadam: sichqonchaning o‘ng tugmasini Simsiz tarmoq ulanishiga bosish, Ko‘rish uchun mavjud simsiz tarmoqlarni (View Available Wireless Networks) tanlash kerak.



10-qadam: Qidiruv oynasida adhoctest tarmog‘i (A kompyuteriga o‘rnatilgan) topiladi. Keyin unga ikki marta bosiladi va Istalgan holda ulanish (Connect Anyway) bosiladi.

4. B kompyuterda IP-manzilni qo‘lda sozlash.

Qadamlar A kompyuterni sozlashdagi bilan bir xil (5-8 qadamlar) bo‘ladi. V kompyuter uchun boshqa IP manzilni tayinlash kerak, pastki tarmoq maskasi A kompyuter bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bizning misolimizda bu 192.168.1.20/255.255.255.0 bo‘ladi.

Ad Hoc tarmog‘ini qurish bo‘yicha asosiy sozlashlar yakunlandi. Agar yana tarmoq qidirish oynasi ochilsa, adhoctest tarmog‘ining ulanganligini ko‘rish mumkin.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin