3. KISLORODNI FABRIKADA TAYYORLANGAN GAZOMETRG`A YIG`ISH
Kislorod suvda kam erishi va xavfsiz bo`lganligi sababli uni odatda laboratoriyada gazometr deb ataladigan maxsus idishga zapas qilib yig`ib qo`yiladi. Gazometrga kislorod yigishdan oldin ximiya laboratoriyalarida eng ko`p ishlatiladigan gazometrlardan bir turining tuzilishi bilan tanishib chiqing (18-rasm).
Bu asbob sig`imi 2 ldan 10 lgacha bo`lgan shisha idish 1 va katta shisha voronka 2 dan iborat. Asbob 1 ning pastki qismida teshik bo`lib, unga qisqa va keng qalin devorli nay- tubus 3 kavsharlangan bo`ladi. Tubusning pastki teshigi probka bilan bekitiladi va bu probka sim bilan tubusga bog`lab qo`yiladi, chunki probka suv bosimi ostida otilib chiqishi mumkin. Idishning yuqorigi qismida ikkinchi tubus 4 bo`lib, u ham probka bilan bekitiladi, probkaga shisha jo`mrak 5 o`rnatilgan bo`ladi.
Ba`zi gazometrlarda shisha jo`mrak kavsharlangan shisha probkalar ishlatiladi.
Voronka 2 da shisha jo`mrak 6 bo`ladi. Shuni nazarda tutish: kerakki, shisha jo`mraklar faqat muayyan bir teshikka moslab chiqariladi va hatto ularning o`lchamlari keng bo`lganda ham ularni bir-birining o`rniga ishlatib bo`lmaydi.
Tajriba.Gazometrga kislorod yig`ishdan oldin, unga toza suv to`ldiring. Buning uchun 5 va 6 jo`mraklarnk ochib, voronkaga suv quying. Jo`mrakning ochiqligini uning tashqi oval qismining yo`nalishiga qarab bilish mumkin, jo`mrak ana shu oval qism yordamida buraladi. U nayning o`qiga parallel holatda joylashgan bo`lishi kerak.
Gazometrga suv to`ldirilgandan keyin ikkala jo`mrakni bekiting, gazometrni stol chekkasiga qo`ying va uning tagiga polga suv oqib tushishi uchun chelak qo`ying, gazometrga kislorod to`lddirilganda pastki teshigidan suv oqib tushadi.
Suv stolga oqib tushmasligi uchun bir varaq oq qog`ozni 19-rasmda ko`rsatilganidek qilib tubusga osib qo`ying. Shu shisha nayga rezina nay kiydiring, bu nayning uzunligi uning ikkinchi uchi gazometr tubusiga bemalol tushadigan darajada bo`lishi kerak. Probirkani shtativga o`rnating. Shundan keyin reaktsiyaga kirishadigan aralashmali probirkani qizdiring bunda. gazometrning to`lishini va suv gazometrdan chelakka oqib tushishini kuzatib turing. Gazometrga kislorod to`ldirilgandan keyin tubusni probka bilan bekiting va probkani tubusga mahkam bog`lab qo`ying.
Kislorodning bir qismini gazometrdan kolbaga yoki biror boshqa idishga o`tkazish uchun quyidagicha ish tutiladi: gazometrning yuqorigi tubusidan chiqib turgan shisha nayga (jo`mrakli) rezina nay kiydiriladi, rezina nayning ikkinchi uchi esa kislorod to`ldirilishi lozim bo`lgan idishning tubigacha tushiriladi. Voronkaga kerakli miqdorda suv quyiladi hamda jo`mrak 5 va 6 lar ochiladi.
Kislorodni probirkada ham olish va uni kalta shisha nay o`tkazilgan probka bilan bekitib qo`yish lozim.
Voronkadan gazometrning tubiga tushayotgan suvning bosimi ostida kislorod jo`mrak 5 orqali chiqib, rezina naydan o`tib, kolbaga kiradi va uni pastidan to`ldira boradi hamda bukolbadagi havoni siqib chiqaradi. Kislorodni suv ustiga ham yig`ish mumkin.