Ozroq miqdor kislorodni saqlash uchun 20- rasmda tasvirlangan gazometrni tayyorlash mumkin. U bir-biri bilan shisha hamda rezina naylar orqali tutashtirilgan ikkita sklyanka 1 va 2 dan iborat.
Sklyanka 1 ikkita shisha nay o`tkazilgan probka bilan bekitilgan: nay 3 sklyankaning tubigacha etadi, nay 4 esa sklyankaning ichida probkadan chiqib turadi, xolos. Tashqi tomondan esa bu nay shisha jo`mrak 5 ga ulangan bo`ladi.
Tajriba.Bu gazometrga kislorod to`ldirishdan oldin, sklyanka 1 ga suv to`ldiring va uni uch oyoq yoki stolchaga 20-rasmda ko`rsatilganidek qilib o`rnating.
Kaliy permanganat yoki ozroq marganets (IV)-oksid bilan bertole tuzi aralashmasini probirka 6 ga solib, shtativga o`rnating. Nay 7 ni rezina nay 8 orqali jo`mrak 5 bilan tutashtiring, shundan keyin jo`mrak 5 ni oching va reaktsion aralashma solingan probirkani qizdiring. Probirkani ehtiyotlik bilan qizdirish lozim. Aks holda rektsiya juda tez ketib, suv yuqorigi idishdan pastki idishga tushishga va kislorod uchun joy bo`shatishga ulgurmaydi, natijada probkalar gazometrdan yoki probirkalardan otilib chiqishi va probirka ichidagi kislorodning kuchli bosimi natijasida yorilib ketishi ham mumkin.
Yuqorigi idish kislorodga to`lgandan keyin probirkani qizdirishni to`xtating, jo`mrak 5 ni bekiting va 7 hamda 8 naylarni bir-biridan ajrating.
Shisha bankaga kislorod to`ldirish uchun 1 va 2 idishlarning` o`rnini almashtiring (20- rasm) va jo`mrak 5 ni oching. Suv idish 2 dan nay 3 orqali idishga quyilib, undagi kislorodni jo`mrak 5 orqali gaz o`tkazgich nay 8 bo`ylab siqib chiqaradi.
20- rasm. Yasama gazometr:
1, 2k—sklyankalar; 3,4,7— shisha naylar; 5 — shisha jo`mrak; 6—kislorod olish uchun ishlatiladigan aralashmali probirka; 8 — rezina nay.